Universitetimiz yoshlari yetakchisi Sardor Samadov Toshkent shahrida oʻtkazilgan oliy taʼlim yoshlar yetakchilari forumida qatnashdi.
Dastur doirasida yoshlar yetakchilarining maqomi, vazifalari va masʼuliyatiga bagʻishlangan seminar tashkil etildi. Shuningdek, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan amalga oshirilayotgan “IELTS Marafon”, “Suvni birgalikda asraymiz”, “Yoʻlovchi” va “Kitob-top” loyihalari taqdimoti, “Zakovat Quiz” bellashuvi oʻtkazildi. Sport musobaqalari tashkil etildi.
Forum davomida yetakchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi unda Yoshlar ishlari agentligi direktori,senator Alisher Saʼdullayev hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattorov ishtirok etdi.
Uchrashuvda yetakchilarning takliflari tinglandi. Namunali faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilarining ilgʻor tajribalari va samarali loyihalari bilan tanishildi.
Forum oliy taʼlim muassasalaridagi yoshlar yetakchilarining oʻzaro tajriba almashishi, yangi tashabbuslarni ilgari surishi hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli boʻldi.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️



