TGViewer
Qarshi davlat texnika universiteti Qarshi davlat texnika universiteti @kstu_uz · 7.39K subscribers
Post #14190 971

Forwarded from Edu.uz

Erkinjon Turdimov: Oliy ta’limda asosiy mezon — sifatli bilim, puxta egallangan kasb va yoshlarning kelajagi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov oliy ta’lim yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning tizimdagi mavjud holat, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan tayyorlagan taqdimotlari bilan tanishdi.

Taqdimot davomida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talabalar uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning chuqur bilim olishi, xorijiy tillarni o‘rganishi, tanlagan kasbini puxta egallashi, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi hamda o‘qishni tamomlagach, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topishiga ko‘maklashish kabi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/232125

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • 👍 1
More from @kstu_uz
  1. Oct 13, 2026#Muvaffaqiyat_sari_qadam Energetika muhandisligi fakulteti talabasi Farangiz Shukurova – B…
  2. Oct 13, 2026#Yoshlar_forumi Universitetimiz yoshlari yetakchisi Sardor Samadov Toshkent shahrida oʻtka…
  3. Oct 13, 2026#Mega_marafon Avval xabar berganimizdek, universitetimizda iqtidorli talabalarning ilmiy t…
  4. Oct 13, 2026#Sport_biz_bilan Energetika muhandisligi fakultetida talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →