Energetika muhandisligi fakultetida talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli o‘tishini ta’minlash maqsadida tashkil etilayotgan “Intellektual olimpiada” tadbirlari doirasida shaxmat va shashka musobaqalari boʻlib oʻtdi.
Unda ishtirok etgan talabalar oʻzlarining mantiqiy fikrlash, strategik yondashuv va tezkor qaror qabul qilish mahoratlarini namoyish etdilar.
Musobaqa gʻoliblari olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️




