TGViewer
Qarshi davlat texnika universiteti Qarshi davlat texnika universiteti @kstu_uz · 7.39K subscribers
Post #14167 1.42K
#Muloqot

Bugun universitetda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi “Taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 610-son qarori mazmun-mohiyati targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda mutaxassislik fanlarini chet tilida o‘tuvchi professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda universitet o‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Toshtemirov qarorda belgilangan vazifalar, chet tillarini o‘rganishning ahamiyati hamda pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish masalalari haqida ma’lumot berdi.

Xususan, mutaxassislik fanlarini chet tilida o‘qitadigan, B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega pedagoglarning ish haqiga 100 foizgacha ustama belgilash nazarda tutilgani ta’kidlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Rajabov ta’lim jarayonida korrupsiyaning oldini olish, qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish yuzasidan fikr bildirdi.

Muloqot davomida pedagoglarning chet tilini bilish darajasini oshirish, tegishli malaka sertifikatlarini olish va ta’lim sifatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube

QarDTU axborot xizmati ✍️
More from @kstu_uz
  1. Oct 13, 2026#Sport_biz_bilan Energetika muhandisligi fakultetida talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli…
  2. Oct 13, 2026#Besh_tashabbus_olimpiadasi Qarshi davlat texnika universiteti talabalari oʻrtasida “Besh…
  3. Oct 13, 2026#Faoliyat “Ekologiya va iqlim barqarorligi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari va ekologiy…
  4. Oct 13, 2026#Dual_ta'lim “Metrologiya va materialshunoslik muhandisligi” kafedrasi va “Raw Materials E…
  5. Oct 13, 2026Assalomu alaykum! Boshlangan yangi kuningiz xayrli va barakali boʻlsin! Buyuk ishlarni baj…
  6. Oct 12, 2026🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 Amazon Web Services {👩‍💻} kurslari endi aileaders.uz platformasida! 🔊 AQS…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →