“Metrologiya va materialshunoslik muhandisligi” kafedrasi va “Raw Materials Exclusive” MChJ korxonasi hamkorligida “Korxona – oliygoh – maqsadli kadr” tamoyili asosida “Kasb egasi” dual taʼlim tizimi rivojlantirilmoqda.
Kafedra yosh olimlari, yengil sanoat muhandisligi hamda mexanika muhandisligi yoʻnalishi talabalari kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash maqsadida “Raw Materials Exclusive” MChJ korxonasida boʻlishdi.
Vakillarimiz korxonaning ishlab chiqarish faoliyati, zamonaviy texnologik jarayonlar, ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan uskunalar va jihozlar, xomashyoni qayta ishlash bosqichlari hamda mahsulot sifatini nazorat qilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Koʼplab maʼlumotlar va bilimlarga ega boʻldilar.
“Kasb egasi” dual taʼlim tizimi asosida korxona faoliyati bilan yaqindan tanishish talabalarga nazariy bilimlarni real ishlab chiqarish jarayonlari bilan bogʻlash, kelgusida kasbiy faoliyatlari uchun zarur tajribalarni orttirishga imkoniyat yaratdi.
Yosh olimlar uchun esa taʼlim dasturlarini ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan uygʻunlashtirish, amaliy mashgʻulotlar samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot uchun dolzarb mavzularni belgilash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️



