TGViewer
Channel Public Channel
kitobооkniga

kitobооkniga

@kitobooknigam

@kitobees (kitob galereyasi)


https://www.instagram.com/kitobookniga/?hl=ru
Subscribers
313
Photos
238
Videos
13
Links
132
Recent Posts 15 shown
Post #1044 72
"Bazan yappa yangi olingan kitoblarni birinchi o'zim o'qishga ulgurmayapman" 🤭😁 degan rasm

@kitobooknigam
  • 😁 2
  • 💯 1
Post #1041 87
Bugun kitob yarmarkasiga bordim eski qadrdonlarni ko'rdim ☺️ yangilari bilan tanishdim.

@kitobooknigam
  • 🔥 5
  • ❤ 3
Post #1040 87
Yozda 1 turkum, qishda 1 turkum deb otlanaman shekilli, oxirgi vaqtlarda "İnce Memed" oldimdan ko'p chiqyabti. 🤭

@kitobooknigam
Post #1036 83
​Khalid Khalife - "Bu shaxarning oshxonalarida pichoq yo'q"

"Odamning erkinligini yo‘qotish uchun har doim qo‘lida qurol bo‘lishi shart emas — ba’zan qo‘rquv, uyat, sukutga odatlanishning o‘zi yetarli."

Kitobni ilk marta ko'rganimda nomi bilan o'ziga jalb etdi disam ham bo'ladi. Mutolaa davomida har xil hislar bilan o'qidim. Boshida qiziq tuyilmadi huddi yozuvchi avlodlar sharjarasini tanishtitib yo'lidan chiqqan qahramonni ta'riflash uchun o'tlab ketgandek (shu tarz yozish usuli) tuyildi. Orqa fo'n degan muntazam voqelik yo'q edi.
Asar haqida aytsam: Suriyada asosan 80-90 yillar davomida yo'qolib boradigan qahramonlarning eski hayoti, bu hayot tarzida siyosiy tuzum, uni bosimi, Partiya, hokimiyat, jamiyatda ijtimoiy o'zgarishlarni Halepda yashaydigan bir oila orqali oilaviy hikoya tarzda  yozilgan.

Urushdan oldingi jamiyatda qo‘rquv qanday shakllanganini, hokimiyat insonlarning shaxsiy hayotigacha qanday kirib borganini ko‘rsatgan yozuvchi.

Asarda Halep bosh ro'lda Shom, Beyrut, Bag'dot hatto Parij va Dubay ham o'zini rolini olgan.
Asardagi oila qahramonlariga alohida  to'xtalolmayman ularni hayot tarzichalik turli hayotlarni ko'rmaganimga, mendagi tarozu ularni tortolmasligidan kelib chiqib. Yashagan hayot tarzlarini, qilingan qarorlarini munozara qilmasdan o'qidim.
"Joğrofiya qadardir" (taqdir) deyishadi shu jumla aqlimdan bir necha bor o'tdi.
Negadur asar yakuni intixor bilan tamomlanishini sezdim. (ichki his)

Yozuvchi zo‘ravonlikni faqat ko‘chadagi qurol yoki urush bilan chegaralamaydi. Oila, jamiyat, din, siyosat va “uyat” tushunchasi ham insonni boshqaradigan kuchlarga aylanishi mumkin.

Xulosa qilib: ijtimoiy va siyosiy tuzilmalar insonning o‘zligini bo‘g‘adigan qobiqqa aylanishi mumkin deb yakunladim.

Asardan iqtibos:
"O'z jallodini o'lim habarini olganidan keyin ortidan ko'z yosh to'kishini hayron bo'lib kuzatdim"

"Go‘yo o‘z tanalarini tark etmoqchi bo‘lgan ruhlarning posbonlari edik"
Post #1035 83
"Bir shaharda yashab, bir xil havodan nafas olayotgan odamlar bir-birlaridan o‘lguncha qo‘rqardilar. Xristianlar musulmonlardan, ozchilik guruhlar ko‘pchilikdan, ko‘pchilik esa ozchiliklarning bosimidan qo‘rqardi. Irqchilar, dindorlar, barcha tabaqalar birdan Prezident va uning razvedka zobitlaridan, Prezident esa o‘z qo‘riqchilari va himoyachilaridan qo‘rqardi.
Ularning barchasi bir-birini yerga urib ijodkorona hiyla usullarni qo'llashardi.
Bir tomondan, Prezidentga dushman bo‘lganlarni birgalikda ezib tashlashar, boshqa tomondan esa bir-birlariga chuqur qazirdilar. Shu tariqa Prezidentni ilohiy bir muqaddaslik darajasiga ko‘tarardilar. Ammo Muhtaram Prezident baribir o‘z qo‘riqchilaridan qo‘rqib, saroyidan tashqariga chiqa olmasdi.
Televizorlar uning bo‘y-basti bilan tushirilgan sur'atlarini namoyish etsa ham, millionlab odamlar ko‘chalarga chiqib uning nomini hayqirishsa ham, atrofida yuzlab qo‘riqchilarsiz u tashqariga chiqib, hatto o‘n metr ham yura olmasdi."
#asardan

@kitobooknigam
Post #1034 81
kitobооkniga 1 kitobni 4 marta o'qiyman deb qo'limga olib o'qimay ketganim rost shu yil kuzda yana harakat qildim baribir bo'lmadi negaligi boshqa kitobda ham shunday his bo'lganidagina angladim. Asarda haddan ziyod atoqli nom bo'lsa harakterlar ko'pligi miyyamni charchatganidan…
Yarim yo'lda juda ko'p takror va takror tashlab ketdim.,
Zabt etolmadim lekin harakat qilib tugatishdan hech charchamagan kitobim😜

Men bilan 3 ta Kuz ko'rdi🍂
@kitobooknigam
Post #1033 94
​Yaşar Kemalning “Filler Sultoni va Qizil Soqolli Cho‘loq Chumoli” asari dastlab fillar va chumolilar haqidagi g‘aroyib ertakka o‘xshaydi. Ammo sahifalar o‘tgani sari ertakning niqobi tushadi. Bu yerda gap hayvonlar haqida emas hokimiyat, qo‘rquv, bo‘ysundirish va o'z tilini unuttirish orqali insonning o‘zligini yo‘qotishi haqida boradi.
Filler Sultoni chumolilarni birdaniga yo‘q qilib yuborishni istamaydi. Chunki o‘lik chumoli endi hukmronlikka xizmat qilmaydi. U tirik, ammo itoatkor chumolini xohlaydi.
Shuning uchun zulmning shakli ham bosqichma-bosqich o‘zgaradi.
Avval qo'rqitish so'ng ajratish. Keyin esa chumolilar orasiga maxsus guruhlar, sariq chumolilar kiritiladi. Bir-biriga qarshi qo‘yilgan chumolilar endi tashqi dushmanni emas, bir-birini kuzata boshlaydi. Keyingi bosqichda esa eng xavfli qurol ishga tushadi: ta’lim. (Ayniqsa chumoli tilini unuttirishga intitlishi va fil tilini o'rganishga majburlanishi)
Chunki odamni kuch bilan majburlash boshqa, uning ongiga o‘zing xohlagan tartibni “to‘g‘ri” deb singdirish boshqa.
Shu nuqtadan boshlab asar haqiqiy distopiyaga aylanadi.
"Eng dahshatli qurol — qurol emas"

Filler Sultonining eng katta g‘alabasi chumolilarni o‘ldirishida emas. Uning haqiqiy maqsadi — chumolining qarshilik qilish qobiliyatini yo‘qottirishda edi.
Buning uchun devor qurish shart emas. Qamoqxona qurish ham shart emas.
Agar mahbus qafas borligini unutsa, qafasning o‘zi yetarli.
Ta’lim, ajratish, nazorat, qo‘rqitish, ichki bo‘linish va mafkura birlashganda jamiyat o‘zini o‘zi nazorat qila boshlaydi. Endi har bir chumolini Filler Sultoni kuzatib turishi shart emas. Chumolilarning o‘zlari bir-birini kuzata boshlaydi.
Mana shu nuqta asarning eng sovuq joyidir.

Ta’lim aslida insonni ozod qilishi mumkin. Ammo uni hokimiyat o‘z qo‘liga olganida, u boshqa vazifani bajaradi: itoatkor avlod yaratadi.
Yangi avlod chumolilariga qanday fikrlash kerakligi singdiriladi.
Kecha zulm deb ko‘ringan narsa bugun tartibga aylanadi. Kecha qo‘rqinchli bo‘lgan narsa ertaga odatiy holga aylanadi.
Va nihoyat, bir kuni chumoli:
“Men nega bunday (fildek) yashayapman?”
deb so‘rashni ham to‘xtatadi.

Asar faqat zulm haqida emas. U hokimiyatning o‘ziga ham qarshi savol qo‘yadi:
Boshqalarni butunlay bo‘ysundirgan hokimiyat aslida nimaga ega bo‘ladi?
Agar qo‘rquv yo‘qolsa, uning hokimiyati ham yo‘qoladi. Agar chumolilar o‘zligini eslasa, qurilgan butun tizimning mustahkamligi shubha ostida qoladi.
Shuning uchun Qizil Soqolli Cho‘loq Chumoli oddiy qahramon emas. U — xotiraning timsoli.
Chunki zulm avvalo xotirani o‘zgartiradi: kechagi voqeani boshqacha talqin qiladi, eski so‘zlarning ma’nosini almashtiradi, qo‘rquvni odatga aylantiradi.
Ammo birgina chumoli bo‘lsa ham:
“Biz ilgari boshqacha yashardik” deya olsa, tizim hali to‘liq g‘alaba qozonmagan bo‘ladi.

“Filler Sultoni va Qizil Soqolli Cho‘loq Chumoli”ning eng kuchli tomoni shundaki, u distopiyani kelajakdagi noma’lum dunyo sifatida emas, jamiyat asta-sekin unga qanday aylanib borishini ko‘rsatadi.
Avval kuch ishlatiladi.
Keyin til unuttiriladi.
Keyin odamlar ajratiladi.
Keyin ular bir-biriga qarshi qo‘yiladi.
Keyin ta’lim nazorat qilinadi.
Keyin qo‘rquv odatga aylanadi.
Va nihoyat, hech kim qafasning qachon qurilganini eslay olmay qoladi.

Tashqi zolimni bir kun ag‘darish mumkin.
Ammo zolimning tartibi insonning ongiga singib ketsa, uni ag‘darish uchun avvalo inson o‘z ichidagi qo‘rquv, itoat va o‘rganib qolingan haqiqatlarni buzishi kerak.

Tavsiya qilaman o'zligini unutmaslik, birlik haqiqiy kuch bo'lishini o'rganadiganlarga.
Post #1026 90
2 kundir yomg'ir romantize qiladigan darajada go'zal yoğmoqda, hich tinmasdan: bir tezlashib bir sokinlab. Qurgur qo'lga kitob navbati yetib kelolmaydiye :)
Faqat tunda o'qiyolaman undayam 2 sahifa, shunisigayam shukr.

Ps: yetib kelolmasligini sababi mehmon ☺️

@kitobooknigam
  • ❤ 4
  • 👏 2
Older posts →

About this channel

How can I read @kitobooknigam without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for kitobооkniga: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does kitobооkniga have?
kitobооkniga (@kitobooknigam) has 313 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does kitobооkniga know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →