Khalid Khalife - "Bu shaxarning oshxonalarida pichoq yo'q"
"Odamning erkinligini yo‘qotish uchun har doim qo‘lida qurol bo‘lishi shart emas — ba’zan qo‘rquv, uyat, sukutga odatlanishning o‘zi yetarli."
Kitobni ilk marta ko'rganimda nomi bilan o'ziga jalb etdi disam ham bo'ladi. Mutolaa davomida har xil hislar bilan o'qidim. Boshida qiziq tuyilmadi huddi yozuvchi avlodlar sharjarasini tanishtitib yo'lidan chiqqan qahramonni ta'riflash uchun o'tlab ketgandek (shu tarz yozish usuli) tuyildi. Orqa fo'n degan muntazam voqelik yo'q edi.
Asar haqida aytsam: Suriyada asosan 80-90 yillar davomida yo'qolib boradigan qahramonlarning eski hayoti, bu hayot tarzida siyosiy tuzum, uni bosimi, Partiya, hokimiyat, jamiyatda ijtimoiy o'zgarishlarni Halepda yashaydigan bir oila orqali oilaviy hikoya tarzda yozilgan.
Urushdan oldingi jamiyatda qo‘rquv qanday shakllanganini, hokimiyat insonlarning shaxsiy hayotigacha qanday kirib borganini ko‘rsatgan yozuvchi.
Asarda Halep bosh ro'lda Shom, Beyrut, Bag'dot hatto Parij va Dubay ham o'zini rolini olgan.
Asardagi oila qahramonlariga alohida to'xtalolmayman ularni hayot tarzichalik turli hayotlarni ko'rmaganimga, mendagi tarozu ularni tortolmasligidan kelib chiqib. Yashagan hayot tarzlarini, qilingan qarorlarini munozara qilmasdan o'qidim.
"Joğrofiya qadardir" (taqdir) deyishadi shu jumla aqlimdan bir necha bor o'tdi.
Negadur asar yakuni intixor bilan tamomlanishini sezdim. (ichki his)
Yozuvchi zo‘ravonlikni faqat ko‘chadagi qurol yoki urush bilan chegaralamaydi. Oila, jamiyat, din, siyosat va “uyat” tushunchasi ham insonni boshqaradigan kuchlarga aylanishi mumkin.
Xulosa qilib: ijtimoiy va siyosiy tuzilmalar insonning o‘zligini bo‘g‘adigan qobiqqa aylanishi mumkin deb yakunladim.
Asardan iqtibos:
"O'z jallodini o'lim habarini olganidan keyin ortidan ko'z yosh to'kishini hayron bo'lib kuzatdim"
"Go‘yo o‘z tanalarini tark etmoqchi bo‘lgan ruhlarning posbonlari edik"
Post #1036
84