Har bir murojaat e’tibor va nazoratda!
Aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni ta’minlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni tinglash hamda ularni joyida hal etish maqsadida Kitob tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
An’anaga ko‘ra, har payshanba kuni tuman hokimligida tashkil etilayotgan qabulda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman prokurori Xurshid Baxromov hamda mas’ul tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Qabul davomida tumanning turli hududlaridan kelgan fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, uy-joy, moddiy yordam, yo‘l-transport infratuzilmasi, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti kabi masalalar yuzasidan 30 dan ortiq murojaatlar bildirildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida o‘rganilib, amaliy yechim topildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi mas'ullarimiz tomonidan shaxsiy nazoratga olindi.
Kitob tumanida xalq bilan ochiq muloqot va murojaatlar bilan ishlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h
✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐Web sayt| ✈Telegram | 🕊Twitter | 📹YouTube
Post #54725
3.38K





