⛔️⛔️⛔️⛔️ 📢📢📢📢
Haydovchilar va yo‘l harakati qatnashchilari diqqatiga!
Kitob tumani markazidagi Katta yo‘l va Ipak yo‘li ko‘chalari kesishmasida, Kitob dehqon bozori hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda transport vositalari harakatini tartibga solish maqsadida foto va video qayd etish kameralari o‘rnatildi.
Mazkur hududda 3.27-sonli “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi talablari amal qiladi. Belgining ta’sir doirasida transport vositalarini to‘xtatish taqiqlanadi. Qoidabuzarliklar kameralar orqali avtomatik tarzda qayd etiladi.
⚠️ Amaldagi tartibga ko‘ra, mazkur qoidabuzarlik uchun 2 BHM miqdorida ma’muriy jarima hamda 0,2 jarima balli qo‘llanilishi mumkin.
Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling, belgilangan talablarga amal qiling va chorrahada tirbandliklarning oldini olishga hissa qo‘shing.
Xavfsiz yo‘l — barchamizning mas’uliyatimiz!
🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h
✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐Web sayt| ✈Telegram | 🕊Twitter | 📹YouTube
Post #54741
6.12K
