TGViewer
Channel Public Channel
Kitob tumani hokimligi| RASMIY🇺🇿

Kitob tumani hokimligi| RASMIY🇺🇿

@kitab_district

🇺🇿Kitob tumani hokimligi
☎️ 75-542-50-07.

🌐 www.kitobt.uz
➡️ fb.com/kitobhokimligi.axborotxizmati
➡️ instagram.com/kitabdistrict
▶️ www.youtube.com/c/kitobhokimligi

Murojaat - @kitob_hokimiga_murojaat_bot
Admin @Qahramonjon_Oqilov
Subscribers
21.9K
Photos
47.2K
Videos
3.2K
Links
11.9K
Recent Posts 8 shown
Post #54746 2.56K

Forwarded from Kitob tumani hokimligi| RASMIY🇺🇿

✨✨✨✨✨
Kitob tumanida yer va ko‘chmas mulk bo‘yicha xatlov o‘tkazish reja-grafigi

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-son Qonun ijrosi yuzasidan Kitob tumanidagi mahallalarda xatlov ishlari belgilangan reja-grafik asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

📌 2024–2027-yillar davomida 55 ta mahalla kesimida xatlov o‘tkazish muddatlari quyidagi jadvalda aks ettirilgan.

Fuqarolardan xatlov jarayonlarida faol ishtirok etish hamda mas’ul xodimlar bilan hamkorlik qilish so‘raladi.


🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐Web sayt|  ✈️Telegram | 🕊Twitter | 📹YouTube
Post #54744 3.06K

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"Kengashning asosiy maqsadi Osiyoda o‘zaro hamkorlikning yaxlit infratuzilmasini shakllantirish bo‘lishi kerak. Bu nizolarning oldini olish va o‘zaro maqbul qarorlarni topish imkonini beradi".

—
Президент Шавкат Мирзиёев:
«Главной целью СВМДА должно стать формирование целостной инфраструктуры доверия в Азии. Это позволит своевременно предупреждать конфликты и находить взаимоприемлемые решения».


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Post #54743 3.68K
🧃 Varganza anorlari dunyo bozorini zabt etmoqda!

MY5 telekanali ijodkorlari Kitob tumanining Varganza mahallasida yetishtirilayotgan sarxil anorlar, ularning o‘ziga xosligi va eksport salohiyati haqida maxsus lavha tayyorlashdi.

Varganzaning shirali va betakror anorlari tobora kengroq bozorlarga kirib bormoqda!

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐Web sayt|  ✈Telegram | 🕊Twitter | 📹YouTube
Post #54742 3.76K
XUSHXABAR! VILOYAT HOKIMI STIPENDIYASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Qashqadaryo viloyatida 2026–2027-o‘quv yili uchun “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovining 18 nafar g‘olibi aniqlandi. Tanlovning tuman va shahar bosqichlarida 631 nafar o‘quvchi ishtirok etish uchun ariza topshirgan, 133 nafar nomzod esa viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan.

G‘oliblar ro‘yxati:

“A’lochi o‘quvchi”

1. O‘ktamov Davron Akmal o‘g‘li — Muborak tumani, 3-maktab, 11-sinf.
2. Sodmonova Sanjana Sanjar qizi — Koson tumani, 9-maktab, 10-sinf.
3. Bahodirova Nazokat Botirovna — Kitob tumani, 30-maktab, 10-sinf.

“Yosh kitobxon o‘quvchi”

4. To‘lqinov Ilhom Farhod o‘g‘li — Nishon tumani, 18-maktab, 11-sinf.
5. Baratova Parizoda Baxodir qizi — Qarshi shahri, 15-maktab, 10-sinf.
6. Saidova Dilnura Akbarovna — Kitob tumani, 31-maktab, 8-sinf.

“Ijodkor o‘quvchi”

7. Qahramonova Zahro Qahrom qizi — Shahrisabz tumani, 22-maktab, 7-sinf.
8. Maxmatqulova Amira Alisherovna — Dehqonobod tumani, 70-maktab, 11-sinf.
9. Aminova Madinabonu Ixtiyorovna — Qarshi shahri, 26-maktab, 8-sinf.

“Innovator o‘quvchi”

10. Muydullayev Imron Ruhiddinovich — Qarshi shahri, 50-maktab, 7-sinf.
11. Rabbimqulov Shohrux Iskandarovich — Kitob tumani, 97-maktab, 7-sinf.
12. Xushvaqtova Nozliya Umid qizi — Shahrisabz shahri, 6-maktab, 10-sinf.

“IT bilimdoni”

13. Norsafarova Durdona Jo‘rabek qizi — Dehqonobod tumani, 70-maktab, 11-sinf.
14. Ergashev Shohjahon Rustam o‘g‘li — Qarshi shahri, 3-maktab, 10-sinf.
15. Temirova Gulsanam Ismat qizi — Mirishkor tumani, 9-maktab, 11-sinf.

“Sportchi o‘quvchi”

16. Nazarova Navro‘za Muhiddin qizi — Yakkabog‘ tumani, 14-maktab, 7-sinf.
17. Barakayev Iqboljon Akmaljon o‘g‘li — Shahrisabz tumani, 30-maktab, 11-sinf.
18. Elmirzayev Xondamir Zafar o‘g‘li — Chiroqchi tumani, 1-maktab, 11-sinf.

Stipendiya g‘oliblariga 2026-yil sentabr oyidan 2027-yil may oyigacha har oy bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu davr uchun jami 106 million 920 ming so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Barcha g‘olib o‘quvchilarni muborakbod etamiz! Kelgusidagi o‘qishlari va izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
Post #54741 12.5K
⛔️⛔️⛔️⛔️ 📢📢📢📢
Haydovchilar va yo‘l harakati qatnashchilari diqqatiga!

Kitob tumani markazidagi Katta yo‘l va Ipak yo‘li ko‘chalari kesishmasida, Kitob dehqon bozori hududida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda transport vositalari harakatini tartibga solish maqsadida foto va video qayd etish kameralari o‘rnatildi.

Mazkur hududda 3.27-sonli “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi talablari amal qiladi. Belgining ta’sir doirasida transport vositalarini to‘xtatish taqiqlanadi. Qoidabuzarliklar kameralar orqali avtomatik tarzda qayd etiladi.

⚠️ Amaldagi tartibga ko‘ra, mazkur qoidabuzarlik uchun 2 BHM miqdorida ma’muriy jarima hamda 0,2 jarima balli qo‘llanilishi mumkin.

Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling, belgilangan talablarga amal qiling va chorrahada tirbandliklarning oldini olishga hissa qo‘shing.


Xavfsiz yo‘l — barchamizning mas’uliyatimiz!

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐Web sayt|  ✈Telegram | 🕊Twitter | 📹YouTube
Post #54731 3.64K
Kitob tumani hokimi boshchiligida hududlardagi qurilish ishlari o‘rganildi

Bugun Kitob tumani hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi mas’ullar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarining joriy holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida qurilish obyektlaridagi ishlarning borishi, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda qurilish jarayonlarining amaldagi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mas’ullar quruvchilar va mahalliy aholi vakillari bilan muloqot qilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflarini tingladilar.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ullarga qurilish obyektlarida ishlarni sifatli, belgilangan me’yor va talablar asosida hamda o‘z muddatida bajarish yuzasidan aniq topshiriq va vazifalar berildi.

Hududlarda bunyodkorlik ishlarining borishi va topshiriqlar ijrosi mas’ullar tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐Web sayt|  ✈Telegram | 🕊Twitter | 📹YouTube
Older posts →

About this channel

How can I read @kitab_district without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Kitob tumani hokimligi| RASMIY🇺🇿: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Kitob tumani hokimligi| RASMIY🇺🇿 have?
Kitob tumani hokimligi| RASMIY🇺🇿 (@kitab_district) has 21.9K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Kitob tumani hokimligi| RASMIY🇺🇿 know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →