TGViewer
Kitob tumani hokimligi| RASMIY🇺🇿 Kitob tumani hokimligi| RASMIY🇺🇿 @kitab_district · 22K subscribers
Post #54716 4.27K
📚 Kitob tumanida asosiy fan olimpiadasining II bosqichi boshlandi

2026–2027-o‘quv yili uchun asosiy fan olimpiadasining II (tuman) bosqichi Kitob tumanida boshlandi.
Unda tumandagi 98 ta umumta’lim maktabining 9–11-sinf o‘quvchilari 14 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Olimpiada matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika, tarix, geografiya, ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, xorijiy tillar, davlat va huquq asoslari kabi fanlar bo‘yicha tashkil etilmoqda.

Mazkur bellashuvning asosiy maqsadi — iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ijodiy va mantiqiy tafakkurini rivojlantirish hamda keyingi bosqichlarga munosib tayyorlashdan iborat.

Olimpiada jarayonida ishtirokchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, tanlovning shaffof va adolatli o‘tishi ta’minlanmoqda.
Tuman bosqichida yuqori natija qayd etgan o‘quvchilar viloyat bosqichida Kitob tumani sharafini munosib himoya qiladi.

Barcha ishtirokchilarga omad, yuqori natijalar va zafarlar tilaymiz!


🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐Web sayt|  ✈Telegram | 🕊Twitter | 📹YouTube
More from @kitab_district
  1. Oct 16, 2026⛔️⛔️⛔️⛔️ 📢📢📢📢 Haydovchilar va yo‘l harakati qatnashchilari diqqatiga! Kitob tumani mar…
  2. Oct 15, 2026Kitob tumani hokimi boshchiligida hududlardagi qurilish ishlari o‘rganildi Bugun Kitob tum…
  3. Oct 15, 2026Har bir murojaat e’tibor va nazoratda! Aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni ta’minlash,…
  4. Oct 15, 2026QASHQADARYO AXBOROTI | Kitob tumanida tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminar hududlarda limo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →