🍎Kitob tumanining mashhur tog‘ olmalari!
Kitob tumani o‘zining qulay iqlim sharoiti va aholining mehnatsevarligi tufayli bog‘dorchilik sohasida salmoqli yutuqlarga erishmoqda.
Buni tuman markazidan qariyb 40 kilometr uzoqlikda, 2 soatlik tog‘ yo‘li ortida joylashgan olmazorlar misolida ham ko‘rish mumkin.
Kitob ko‘chatchilikka ixtisoslashgan O‘rmon xo‘jaligi Matmon bo‘limining Qovluqsoy uchastkasida 300 gektar maydonda olmazorlar barpo etilgan.
Ayni paytda tog‘ olmalari g‘arq pishib, hosilni yig‘ib-terib olish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Bu kabi bog‘lar nafaqat hududning qishloq xo‘jaligi salohiyatini oshirmoqda, balki tog‘li hududlarda aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirishga ham xizmat qilmoqda.
🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h
✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐Web sayt| ✈️Telegram | 🕊Twitter | 📹YouTube
Post #54670
6.02K









