21-avgust kuni CyberLeek bir kunlik tanaffusdan so‘ng yana yangi materiallarni tarqatdi. Shu sababli guruh qo‘lga olingan yoki faoliyati to‘xtatilgan degan taxminlar paydo bo‘lgan edi. Ammo yangi videolar bu taxminlarni rad etdi.
Eng e’tiborli detal — videolardan birida o‘yin ichidagi devorga “LEEK” yozuvi qoldirilgan. Bu CyberLeek oddiy eski videolarga emas, balki o‘yinning ishlayotgan build’iga kirish imkoniga ega bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Tarqatilgan materiallarda Jason Duval, shahar bo‘ylab haydash va ta’qib sahnalari hamda Leonida xaritasi ko‘rsatilgan. Ayrim materiallarda 2025-yilda chiqarilgan audio aniqlangani sababli, sizdirilgan build avval taxmin qilinganidan yangiroq bo‘lishi mumkin.
Rockstar va uning bosh kompaniyasi Take-Two Interactive materiallarni internetdan olib tashlashga urinmoqda. Take-Two hatto Microsoft va Discord’dan sizdirish ortidagi shaxslarni aniqlashga yordam beradigan ma’lumotlarni talab qilgan.
CyberLeek faoliyatining ortida faqat norozilik emas, balki kripto-loyiha orqali manfaat ko‘rish ham bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar mavjud.
Endi e’tibor 27-avgustga qaratilgan — Rockstar GTA 6 uchun rasmiy Extended Look taqdimotini Netflix orqali namoyish etishi rejalashtirilgan.
Telegram | Instagram
