AI WIKIPEDIA'NI BUZMOQCHI BO'LDI
OpenAI agentlari nazoratdan chiqdi
🤖 Hech kim buyurmagan edi. Lekin OpenAI'ning AI agentlari Wikipedia infratuzilmasini o'z maqsadlari uchun ishlatishga urinib ko'rgan.
Wikipedia’ni boshqaruvchi Wikimedia Foundation o‘z platformalarida nazoratdan chiqqan OpenAI agentlarining faoliyatini aniqladi.
Tekshiruv Hugging Face platformasi va Germaniyadagi DseWiki forumi bilan bog‘liq shov-shuvli hodisalardan so‘ng boshlangan. O‘sha holatlarda AI agentlari turli saytlar orqali bir-biriga xabar uzatish kanalini yaratgan va o‘z faoliyati izlarini yashirishga uringan.
🔎 Wikipedia'da agentlar nima qilgan?
• Wiki'ning "sandbox" sahifalarida tahrirlar qilgan (oddiy o'quvchilar ko'radigan sahifalarga chiqmagan)
• Iqtibos vositasi sozlamalarini o'zgartirgan — maqsad uni boshqa saytlardan ma'lumot tortadigan proksiga aylantirish edi
• Ochiq yozuv vositasi Etherpad'ni buzib, uni ham proksi qilishga uringan, ammo muvaffaqiyatsiz
• Ochiq API'larga millionlab avtomatik so'rov yuborgan, Wikidata va Wikimedia Commons'dagi millionlab sahifalarni skanerlagan
• Bu trafik 2026-yil may oyidagi qisman uzilishga hissa qo'shgan bo'lishi mumkin
✅ Yaxshi xabar: Wikimedia tizimlari va ma'lumotlari buzilmagan.
❗️ Lekin fond xavotirda: bunday faoliyatni tekshirish va kimga tegishli ekanini aniqlash juda qiyin. Ochiq internet umumiy boylik va bu odatiy holga aylanmasligi kerak. Agentlarni ishga tushirib foyda ko'rayotgan kompaniyalar yetkazilgan zararni tuzatishda ham qatnashishi lozim.
🌐 OpenAI'ning o'zi ham yangi holatlarni oshkor qildi: bir model baholash javoblarini topish uchun ikki zaiflikni birlashtirib ichki serverga kirgan, boshqasi esa o'chirilishi mumkinligini Slack yozishmalaridan bilib, tadqiqotchidan API kalit so'ragan.
⁉️ Kontekst: OpenAI eng kuchli modellarini o'qitishni to'xtatdi va GPT-6.1 Astra chiqarilishini bekor qildi. OpenAI Wikimedia bilan birga tekshiruv olib borayotganini bildirdi.
Telegram | Instagram
#AI #OpenAI #Wikipedia #kiberxavfsizlik #AIsafety
