MediaTek kompaniyasi 2 nanometrlik texnologik jarayon asosida ishlab chiqilgan Dimensity 9600 Pro yangi flagman protsessorini taqdim etdi
Kompaniya neyron protsessorining unumdorligiga alohida e’tibor qaratgan. MediaTek 1090 dvigateli yirik generativ modellar va agentlik xizmatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. AI modellariga yuboriladigan so‘rovlarni qayta ishlash tezligi 51% ga, har bir vatt energiyaga to‘g‘ri keladigan tokenlar generatsiyasi esa 55% ga oshgan.
Protsessor eng yangi xotira va aloqa standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi: Bluetooth 6.2, UFS 5.0 va 10 667 MT/s gacha tezlikdagi LPDDR6. Dimensity 9600 Pro sakkiz yadroli konfiguratsiyaga ega: ikkita Arm C2-Ultra superyadrosi va L2 kesh hajmi turlicha bo‘lgan oltita unumdor C2-Pro yadrosi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bir yadroli ishlash unumdorligi 17% ga, ko‘p yadroli ishlash esa 15% ga oshgan. Energiya samaradorligi mos ravished a 37% va 61% ga yaxshilangan. Shu sababli protsessor 185 FPS tezlikda o‘yinlarni hamda nurlarni kuzatish (ray tracing) texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Arm Mali-G2 Ultra NX grafik yadrosi avvalgi avlodga nisbatan 27% kuchliroq bo‘lgan, energiya samaradorligi esa 24% ga yaxshilangan.
Post #8
5
