Apple kodidan iPad 12 xususiyatlari aniqlandi
MacRumors nashri Aaron Perris tomonidan Apple kompaniyasining nomi oshkor qilinmagan ilovasi kodidan topilgan ma’lumotlarga tayanib xabar berishicha, iPad 12 A19 chipi, 8 GB tezkor xotira, C1X modem va N1 tarmoq chipi bilan jihozlanadi.
A16 chipidan A19 chipiga o‘tish planshet unumdorligini oshirishi, shuningdek, Apple Intelligence va Siri AI funksiyalaridan foydalanish imkonini berishi kutilmoqda. Tezkor xotira hajmi ham 6 GB dan 8 GB gacha oshadi.
N1 chipi esa qurilmaga Wi-Fi 7, Bluetooth 6 va Thread standartlarini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.
Yangi iPad taqdimoti 2027-yil bahoridan oldin kutilmayapti. Boshlang‘ich narx esa, ehtimol, hozirgidek 449 dollar darajasida qoladi.
Post #14
11
