HP OmniBook 5 14 noutbukini taqdim etdi
Model 300 nit yorqinlik va 1920×1200 piksel ruxsatga ega 14 dyuymli sensorli OLED displey bilan jihozlangan.
Noutbuk ichida Intel Core 5 320 protsessori hamda 8+256/512 GB xotira mavjud.
Akkumulyator sig‘imi 60 Vt·soatni tashkil etadi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bu video tomosha qilishda 42 soatgacha avtonom ishlash imkonini beradi. Portlar orasida ikkita USB-C, HDMI 2.1 va 3,5 mm audio uyasi bor.
Korpus alyuminiydan tayyorlangan, qalinligi atigi 11,7 mm. Noutbukning og‘irligi esa 1,16 kg.
HP OmniBook 5 14 allaqachon sotuvga chiqdi. Narxi 699 dollardan boshlanadi.
Post #15
25
