PlayStation 5 konsolini yangi buzib kirish usuli paydo bo‘ldi
X tarmog’idagi Gaming nomli insayder @manfightdragon ma’lumotlariga tayanib yozishicha, yangi jailbreak PS5 va PS5 Pro qurilmalaridagi tizim cheklovlarini chetlab o‘tadi. U taxminan so‘nggi bir hafta ichida yangilangan konsollardan tashqari, deyarli barcha qurilmalarda ishlaydi.
MODDED WARFARE ma’lumotlariga ko‘ra, yangi Relapse jailbreak 7.00 dan 13.60 gacha bo‘lgan proshivka versiyalaridagi PS5 konsollarida ishlaydi va bir necha soniya ichida ishga tushadi.
Biroq bunday buzib kirish usulidan foydalanish xavfli. U PSN akkauntining bloklanishi, konsolda nosozliklar va boshqa muammolarga olib kelishi mumkin.
Post #13
9
