Samsung yetti yil davomida buklanadigan Galaxy Fold smartfonlari qanday rivojlanganini ko‘rsatdi
2019-yilda taqdim etilgan birinchi Galaxy Fold 276 gramm og‘irlik va 17,1 mm qalinlikka ega bo’lgan.
Galaxy Z Fold 2 biroz yupqaroq bo‘lgan, biroq og‘irligi oshgan — 16,8 mm va 282 gramm. Keyingi avlodlarda esa smartfonlar asta-sekin yupqaroq va yengilroq bo‘lib borgan: Fold 3 — 16 mm va 271 gramm, Fold 4 — 15,8 mm va 263 gramm, Fold 5 — 13,4 mm va 253 gramm, Fold 6 — 12,1 mm va 239 gramm.
Seriya eng katta o‘zgarishni Galaxy Z Fold 7 bilan boshdan kechirdi. Smartfon avvalgi avlodga nisbatan ancha ixcham va yengil bo‘ldi — qalinligi 8,9 mm, og‘irligi esa 215 gramm.
Galaxy Z Fold 8 esa lineyka rivojini kengroq buklanadigan formatda davom ettirdi. Qalinligi 9,7 mm bo‘lishiga qaramay, uning og‘irligi atigi 201 grammni tashkil etadi.
Post #7
3
