Qualcomm Snapdragon protsessorlari narxini sezilarli darajada oshirdi
Bugundan boshlab kompaniya o‘z chiplarining narxini kamida 10 foizga rasman oshirmoqda.
Qualcomm direktori Krishtianu Amonning ta’kidlashicha, kompaniya xarajatlarning sezilarli darajada oshishiga duch kelgan. Shu sababli Qualcomm o‘z mahsulotlari narxini ko‘tarishga majbur bo‘lgan.
Ushbu qarorga komponentlar taqchilligining davom etayotgani, shuningdek, butun ta’minot zanjiri bo‘ylab xarajatlarning ortishi ta’sir ko‘rsatgan.
Narxlarning oshishi ko‘plab qurilmalarga ta’sir qiladi. Qualcomm kompaniyasi Apple uchun modem chiplarini, Samsung va boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun esa smartfonlar, taqiladigan qurilmalar hamda noutbuklar uchun mobil chiplarni ishlab chiqaradi.
Demak, Qualcomm chiplarining qimmatlashishi ayrim qurilmalar narxiga ham ta’sir qilishi mumkin.
Post #5
43
