Apple Apple Music xizmatini sezilarli darajada o‘zgartirmoqda (gap faqat logotip haqida emas)
Yaqinda Apple Londondagi mashhur lokatsiyada o‘zining Apple Music Hall nomli konsert zalini ochdi. Bu joyni ko‘pchilik Pink Floyd guruhining albomlaridan birining muqovasidan tanishi mumkin.
Xuddi shu kuni kompaniya servis logotipini ham o‘zgartirib, uni yanada qalin va ko‘zga tashlanadigan ko‘rinishga keltirdi.
Ammo bu hali boshlanishi.
Apple Apple Music Hall’da chiqish qiladigan ilk san’atkorlar ro‘yxatini e’lon qildi. Barcha konsertlar Apple Music servisida jonli efirda namoyish etiladi.
Bundan tashqari, kompaniya 10–11-oktabr kunlari elektron musiqa festivali — Head Trip’ni ham translyatsiya qiladi.
Endi oktabr oyida kutilayotgan yangi Apple TV 4K taqdimoti ham boshqacha ma’no kasb etmoqda. Axir konsertlarni maksimal sifatda tasvir va eng yuqori darajadagi ovoz bilan tomosha qilishni qaysi qurilmada birlashtirish mumkin?
Taxminlarga ko‘ra, yangi Apple TV 4K va yangi HomePod kolonkalarining taqdimoti oktabr oyining dastlabki kunlarida yoki hatto yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi mumkin.
Post #12
6