PlayStation 6 va XBOX Helix 2027-yil oxirida chiqadi
Insayder Kepler_L2 ma’lum qilishicha, PlayStation 6 va XBOX Helix uchun mo‘ljallangan chiplar ishlab chiqarishdan oldingi yakuniy bosqichda.
Agar bu ma’lumot tasdiqlansa, konsollar dastlab rejalashtirilganidek, 2027-yil oxirida taqdim etiladi.
Shuningdek, u PS6 grafik unumdorligi 40 teraflops, XBOX Helix esa 56 teraflopsni tashkil etishini tasdiqlagan.
Bunday farq FPS soniga katta ta’sir qilmaydi, biroq tasvir aniqligi va “ray tracing” sifatida sezilarli bo‘lishi mumkin.
Biroq konsollarning asosiy muammosi ularning narxi bo‘lishi mumkin. Hozirda PS6 uchun ehtiyot qismlarning tannarxi taxminan 960 dollar, Helix uchun esa 1200 dollar atrofida baholanmoqda.
Shu bilan birga, Microsoft o‘z platformasida uchinchi tomon do‘konlariga kirishni ochishni rejalashtirmoqda. Bu esa avvalgidek qurilmalarni zarariga sotish imkoniyatini deyarli istisno qiladi.
Post #10
4
