TGViewer
Channel Public Channel
khiso.uz sayti bo‘yicha yo‘riqnoma

khiso.uz sayti bo‘yicha yo‘riqnoma

@khisofaq

Ushbu kanalda khiso.uz saytidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar berilgan.

ADMIN: @khiso_admin
Subscribers
4.26K
Photos
7
Videos
3
Links
12
Recent Posts 20 shown
Post #55 23K
khiso.uz.pdf5 MB
KHISO.UZ platformasidan ro‘yxatdan o‘tish yo‘riqnomasi.

Hurmatli ota-onalar, ustozlar va o‘quvchilar. Batafsil, qadamma-qadam tushuntirib berganmiz. Iltimos, erinmasdan yo‘riqnoma asosida ro‘yxatdan o‘ting!


❗️Har bir o‘quvchiga yangi raqamdan o‘tish kerak. Ya’ni, bitta raqamdan faqatgina bitta o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tadi.

‼️ Platformadan akkaunt ochgandan keyin, olimpiada uchun ham ro‘yxatdan o‘tish kerakligini unutmang.
Post #38 57.7K
Ba’zi testlarning yechimlarini faqat qatnashganlargina ko‘ra oladi

Endilikda sertifikatda yechimlar nomli qoʻshimcha QR kod qo‘yiladi. Ushbu QR kodni telefoningiz kamerasi orqali o‘qitsangiz yechimlar havolasini olishingiz mumkin bo‘ladi.
Post #37 53.8K
⚠️ Maktabni va sinfni o‘zgartirsa bo‘ladimi?

Ko‘plab talablarga binoan viloyat/tuman, maktab va sinf (🆕) ma'lumotlarini o‘zgartirish imkoniyatini yaratdik.

🟩 Yashil rangda ko‘rsatilgan ma'lumotlar (Ism-familiya va jins) faqatgina siz tomoningizdan o‘zgartirilishi mumkin.

🟨 Sariq rangda ko‘rsatilgan ma'lumotlar (viloyat/tuman/maktab/sinf) faqatgina biz tomonimizdan o‘zgartirilishi mumkin. Buning uchun @khiso_admin ga murojaat qilish lozim. Sinflar 1 kun ichida yangilanadi!


📌 Yangi tuman, yangi maktab yoki yangi OTM lar platformaga kiritilmagan bo‘lishi mumkin. Bu borada ham bizga murojaat qilib qo‘shdirishingiz mumkin: @khiso_admin

🔟 Xususiy maktab yoki o‘quv markazlarni ham qo‘shishingiz mumkin!
Post #36 73.3K
QR kod nega kerak va u qanday ishlaydi?

QR kod bu hozirgi kunda (ayniqsa rivojlangan davlatlarda) imzo va muxr oʻrnini bosuvchi elementlardan biri hisoblanadi. Sizning sertifikatingizdagi QR kod u haqiqiy ekanligini isbotlaydi.

Telefoningiz (yaxshi telefonlarda) kamerasini ochib QR kodga yaqinlashtirsangiz bunga amin boʻlasiz!
Post #35 61.5K

Forwarded from KHISO olimpiada

⚠️ Yo‘riqnomalarni o‘qishga erinmang!

Har bir e'londa saytdan foydalanish yo‘riqnomasi bilan tanishishni iltimos qilsakda bir xil mazmundagi savollar kelib tushadi:

1. Menga sms kelmayapti?
Javob: Send SMS tugmasini bosmagansiz!

2. Qanday ro‘yxatdan o‘taman:
Javob: 👉 t.me/khisofaq/3

3. Parolimni unutdim, nima qilay?
Javob: 👉 t.me/khisofaq/7

4. Ro‘yxatdan o‘tdim, endi qanday qatnashaman?
Javob: 👉 t.me/khisofaq/4

5. Nega menga olimpiada ko‘rinmayapti?
Javob:
Har bir olimpiada kimga (o‘quvchi, o‘qituvchi yoki talaba) mo‘ljallangan bo‘lsa shunday ro‘yxatdan o‘tganlarga ko‘rinadi.

6. ID raqami qayerda?
Javob: 👉 t.me/khisofaq/17

7. Bir nomerdan faqat bir marta akkaunt ochish mumkinmi?
Javob: 👉 t.me/bazarbaevs/9541

Xullas erinmang, yo‘riqnomani bir marta diqqat bilan o‘qing, muammo bo‘lmaydi: 👉 t.me/khisofaq/2
Post #34 82.7K

Forwarded from KHISO olimpiada

⚡️Diqqat qilamiz!

Murojaatlarning aksariyati “sertifikatimda ism-familiyam yoʻq ekan” boʻlmoqda.

Yoʻriqnomada tushuntirgan boʻlsakda shaxsiy ma’lumotlariga ism-familiyasini kiritmaganlarda shu muammo uchramoqda.

🙂Lekin hali ham kech emas: Ushbu videoda shaxsiy ma’lumotlarni toʻldirib, sertifikatni qayta yuklash koʻrsatilgan.

Sizda ham shunday boʻlgan boʻlsa qayta yuklab oling!
Post #33 87.4K

Forwarded from KHISO olimpiada

⚡️ Reyting tizimi yangilandi!

Xabaringiz bor, o‘quvchilarga yanada katta motivatsiya berish va eng kuchli o‘quvchilarni aniqlash maqsadida saytimizda reyting tizimi kiritilgan edi. Yaqin kungacha ushbu tizim sinov rejimida ishlayotgan edi. Oxirgi olimpiadalarda tekshirishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, ushbu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdik.

Bugundan shu kunga qadar bo‘lgan holat bekor qilindi va "hammasi boshidan boshlandi"🙂

⭐️ Endi har 6 oyda reytingi eng yuqori o‘quvchilar o‘rtasida sovrinli oflayn olimpiada o‘tkaziladi va g‘oliblar uchun qimmatbaho sovg‘alar (monoblok, noutbuk va hakozo) beriladi.

🎖 Shuningdek, ma'lum ballarga bronza, kumush va oltin nishonlar hamda guvohnomasi topshiriladi.

🏆 Yangilanishdan keyingi ilk reytingli olimpiada ushbu yakshanba kuni o‘tkaziladi, o‘tkazib yubormang!
Post #30 107K
Tasdiqlash kodini olish uchun "KODNI OLISH" tugmasini bosishingiz kerak.

Aks holda sizga tasdiqlash kodi yuborilmaydi.

❗️ FAQAT BIR MARTA BOSING!
Post #28 98.1K
khiso.uz sayti bo‘yicha yo‘riqnoma Assalomu alaykum qadrli olimpiada qatnashchilari! Har bir olimpiada e'lonida yo‘riqnoma bilan tanishi kerakligini eslatsakda, bir xil mazmundagi savollar kelib tushadi. Shu maqsadda saytdan foydalanish bo‘yicha yana bir bor batafsil yo‘riqnomalar berishga…
Yuqorida barcha qoidalar qadamma-qadam tushuntirilgan. Erinmasdan har bir qadamni o‘qib, videolari bilan tanishib chiqing. Shoshma-shosharlik qilmang. Bir marta yaxshilab o‘rganib olsangiz hech qanday muammosiz qatnashasiz. Aks holda "bilmasdan chiqib ketibman", "tushunmayapman" va hakazo ma'nodagi murojaatlar qilishga majbur bo‘lasiz.

❗️ Olimpiada natijalari, sertifikatlarni yuklab olish hammaga olimpiada tugagach mumkin bo‘ladi. Ungacha hech qaysi bo‘limda (qatnashilgan olimpiadalar bo‘limida ham) ko‘rinmaydi.

❗️Qatnashishdan oldin Shaxsiy ma'lumotlaringizni to‘ldirib oling. Aks holda "nega sertifikatimda ism-familiyam yozilmagan" deb murojaat qilishga majbur bo‘lasiz.

Hammaga omad tilaymiz.
Post #27 114K
Ushbu kanal faqat saytimizdan foydalanish haqidagi yo’riqnomalarni berib borish uchun ochilgan.

Asosiy telegram kanalimiz: 👉 @khiso

Ushbu kanalda olimpiadalar haqidagi e’lonlar berib boriladi.
Post #25 110K
Yuqoridagi kabi sms kelishi sizning toʻlov qilganingizni anglatmaydi. Sizga shunchaki hisob joʻnatildi. Toʻlash yoki rad qilish uchun *880# bilan davom etishingiz kerak.
Post #17 138K
ID raqam nima?

ID raqam bu har bir foydalanuvchi uchun alohida beriladigan raqam. Qaysidir ma'noda pasport raqam deb qarash mumkin.

Masalan meni id raqamim 99832 ekan. Ya'ni men saytdagi 99 ming 832-foydalanuvchi bo‘lganman.
Post #15 152K
⚡️REYTING JADVALI HAQIDA!

Reyting jadvalidagi ballar va oʻrinlar faqatgina reytingli olimpiadalardagi ishtirokdan kelib chiqib hisoblanadi.
Post #14 180K
Reytingli olimpiadalarning oddiy olimpiadalardan farqlaridan yana biri shuki, ishtirokchilar ustozlari uchun tashakkurnoma yuklab olishlari mumkin.

❗️ Avvalo, olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin o‘qituvchi ism-familiyasini yozishni unutmang! Keyin to‘g‘ilab bo‘lmaydi.

‼️Har bir olimpiadada alohida so‘raladi, shuni unutmang.

Ushbu videoda uni qanday amalga oshirish ko‘rsatilgan
: ➡️ youtu.be/JQf32SZxKGI
Telegraph Tashakkurnoma
Post #10 185K
Eng ko‘p beriladigan savollar:

1-savol:
Bir qaramdan 2-3 ta akkaunt ochsa bo‘ladimi?
Javob: Yo‘q, faqat bitta akkaunt ochish mumkin.

2-savol: Akkauntni qanday o‘chira olaman?
Javob: Faqat adminga murojaat qilish orqali o‘chirish mumkin. Admin: @khiso_admin

3-savol: Profilga rasm qo‘yish shartmi?
Javob: Yo‘q, shart emas

Savollar qo‘shilib borishi bilan javobini ham yozib boramiz.

⬆️ ILTIMOS, yuqoridagi har bir qoidani yaxshilab o‘qing.
Post #8 197K
💰 Agar olimpiada to‘lovli bo‘lsa hisobingizni to‘ldirishingiz kerak!

www.khiso.uz saytimizda reytingli va medalli olimpiadalarda hisobni to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnoma.

Saytimizda 3 xil usulda hisobni to‘ldirish mumkin. Hisobni to‘ldirish orqali reyting ballari beriladigan olimpiadalarda qatnashish, saytimizdagi foydali materiallardan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.

🔵 Saytni oʻzidan toʻlov qilish: youtu.be/Rwdm-w7F9aE

🟡 CLICK evolution ilovasi orqali toʻlov qilish:
youtu.be/hnhJk4y0QWM

🟣 *880# orqali toʻlov qilish:
youtu.be/TwPzi-RA-sU

Izoh:
Birinchi to‘lovning 20% sizga cash-back sifatida beriladi. Demak birinchi to‘lovni ko‘proq qilish sizga nafliroq.
YouTube #KHISO onlayn olimpiadalar platformasida sayt orqali to'lov qilish 〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Instagram: https://instagram.com/khiso.uz Telegram: https://t.me/khiso FaceBook: https://www.facebook.com/Khiso.uz Rasmiy sayt: https://khiso.uz #khiso #olympiad #kuntesti #olimpiada
Post #6 232K
4-qadam: Hamma uchun olimpiada yakunlangach (odatda 23:00 dan keyin) yana profilingizdan "qatnashilgan olimpiadalar" bo‘limiga kirasiz. Ushbu bo‘limdan javoblaringizni tahlili va sertifikatingizni yuklab olishingiz mumkin. Bu haqida quyidagi videoning davomida tanishishingiz mumkin: 👉 youtu.be/3NiX8Ga4nrU
YouTube #KHISO onlayn olimpiadalar platformasida olimpiadalarda qatnashish va sertifilat olish. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Instagram: https://instagram.com/khiso.uz Telegram: https://t.me/khiso FaceBook: https://www.facebook.com/Khiso.uz Rasmiy sayt: https://khiso.uz #khiso #olympiad
Post #5 262K
3-qadam: Olimpiadalar bo‘limiga kirasiz va "yangi/ro‘yxatdan o‘tilgan/qatnashilgan" bo‘limchalarini korasiz. Agar hali olimpiadaga yozilmagan bo‘lsangiz u "yangi" bo‘limchasida turadi. Olimpiadaga yozilganingizdan keyin u "ro‘yxatdan o‘tilgan" bo‘limiga o‘tadi. Olimpiada boshlanish vaqtiga qadar uning statusi "kutish" holatida bo‘ladi. Boshlanish vaqti kelgach status "boshlangan" rejimiga o‘tadi. Siz ushbu tugma orqali olimpiadani boshlaysiz. Bu haqida ham batafsil video tayyorlangan: 👉 youtu.be/3NiX8Ga4nrU

Siz olimpiadaga qatnashish davomida barcha javoblarni belgilab, oxirida yuborish tugmasini bosasiz va sizning natijangiz ma'lum qilinadi. Yuborish tugmasini bosmasangiz natijangiz hisobga olinmaydi.
YouTube #KHISO onlayn olimpiadalar platformasida olimpiadalarda qatnashish va sertifilat olish. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Instagram: https://instagram.com/khiso.uz Telegram: https://t.me/khiso FaceBook: https://www.facebook.com/Khiso.uz Rasmiy sayt: https://khiso.uz #khiso #olympiad
Older posts →

About this channel

How can I read @khisofaq without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for khiso.uz sayti bo‘yicha yo‘riqnoma: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does khiso.uz sayti bo‘yicha yo‘riqnoma have?
khiso.uz sayti bo‘yicha yo‘riqnoma (@khisofaq) has 4.26K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does khiso.uz sayti bo‘yicha yo‘riqnoma know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →