TGViewer
khiso.uz sayti bo‘yicha yo‘riqnoma khiso.uz sayti bo‘yicha yo‘riqnoma @khisofaq · 4.26K subscribers
Post #2 645K
Assalomu alaykum qadrli olimpiada qatnashchilari!

Har bir olimpiada e'lonida yo‘riqnoma bilan tanishi kerakligini eslatsakda, bir xil mazmundagi savollar kelib tushadi. Shu maqsadda saytdan foydalanish bo‘yicha yana bir bor batafsil yo‘riqnomalar berishga qaror qildik.

⬇️️ Har bir qadam bilan jiddiy tanishing

1️⃣-qadam: Dastlab CHROME brauzeri orqali khiso.uz saytiga kirasiz.
+: Iloji boʻlsa kompyuter orqali kiring.

↗️O‘ng yuqori burchakda turgan Ro‘yxatdan o‘tish tugmasa bosib, ma'lumotlarni to‘ldirib, shaxsiy akkaunt (profil) ochish kerak. Sms kelishi uchun "KODNI OLISH" tugmasini bosasiz.
Agar bu ishni bilmasangiz video orqali o‘rganing: 👉 youtu.be/VIm3x31f5zI

IZOH: Quyidagilarga e'tibor qiling:
1) Ta'lim muassasangiz joylashgan hududni tanlang.
2) Agar maktabni tugatgan abituriyent bo‘lsangiz sinflar ro‘yxatidan 11-sinfni tanlang.

2️⃣-qadam: Profil ochgandan keyin, shaxsiy ma'lumotlar bo‘limidan ism-familiya-sharifingizni kiritishingiz shart! Aks holda sertifikatingiz bo‘sh chiqadi va natijalarda ismingiz koʻrinmaydi.

3️⃣-qadam: Olimpiadalar bo‘limiga kirasiz va "yangi/ro‘yxatdan o‘tilgan/qatnashilgan" bo‘limchalarini korasiz. Agar hali olimpiadaga yozilmagan bo‘lsangiz u "yangi" bo‘limchasida turadi. Olimpiadaga yozilganingizdan keyin u "ro‘yxatdan o‘tilgan" bo‘limiga o‘tadi. Olimpiada boshlanish vaqtiga qadar uning statusi "kutish" holatida bo‘ladi. Boshlanish vaqti kelgach status "boshlangan" rejimiga o‘tadi. Siz ushbu tugma orqali olimpiadani boshlaysiz. Bu haqida ham batafsil video tayyorlangan: 👉 youtu.be/3NiX8Ga4nrU

4️⃣-qadam: Siz olimpiadaga qatnashish davomida barcha javoblarni belgilab, oxirida yuborish tugmasini bosasiz va sizning natijangiz ma'lum qilinadi. Yuborish tugmasini bosmasangiz natijangiz hisobga olinmaydi. Shu joyda yana eslatamiz: CHROME brauzeri orqali kiring!

5️⃣-qadam: Hamma uchun olimpiada yakunlangach (odatda 23:00 dan keyin) yana profilingizdan "qatnashilgan olimpiadalar" bo‘limiga kirasiz. Ushbu bo‘limdan javoblaringizni tahlili va sertifikatingizni yuklab olishingiz mumkin. Bu haqida quyidagi videoning davomida tanishishingiz mumkin: 👉 youtu.be/3NiX8Ga4nrU

❗️️ Oldin ro‘yxatdan o‘tgansiz-u, lekin parolingizni unutdingizmi? Unda ushbu video orqali parolni tiklashni o‘rganib oling: 👉 youtu.be/dg6iy8nPNMo

Izoh:
Parolni qayta tiklayvermang, har bir parol tiklash -1000 soʻm!

ℹ️ Admin: @khiso_admin
YouTube #KHISO onlayn olimpiadalar platformasidan ro'yxatdan o'tish Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Instagram: https://instagram.com/khiso.uz Telegram: https://t.me/khiso FaceBook: https://www.facebook.com/Khiso.uz Rasmiy sayt: https://khiso.uz #khiso #olympiad #olimpiada #kuntesti
More from @khisofaq
  1. Jun 14, 2025KHISO.UZ platformasidan ro‘yxatdan o‘tish yo‘riqnomasi. Hurmatli ota-onalar, ustozlar va o…
  2. Oct 28, 2024khiso.uz sayti bo‘yicha yo‘riqnoma pinned a photo
  3. Nov 27, 2022Ba’zi testlarning yechimlarini faqat qatnashganlargina ko‘ra oladi Endilikda sertifikatda…
  4. Nov 5, 2022⚠️ Maktabni va sinfni o‘zgartirsa bo‘ladimi? Ko‘plab talablarga binoan viloyat/tuman, makt…
  5. May 5, 2022QR kod nega kerak va u qanday ishlaydi? QR kod bu hozirgi kunda (ayniqsa rivojlangan davla…
  6. May 5, 2022⚠️ Yo‘riqnomalarni o‘qishga erinmang! Har bir e'londa saytdan foydalanish yo‘riqnomasi bil…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →