❗️ILTIMOS, DIQQAT BILAN O‘QING VA ERINMASDAN VIDEO-YO‘RIQNOMALAR BILAN TANISHING!
www.khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida 2 yildan buyon olimpiadalar o‘tkazib kelinmoqda. Har bir olimpiada e'lonida yo‘riqnoma bilan tanishish kerakligini eslatsakda, bir xil mazmundagi savollar kelib tushadi. Qatnashchilar juda ko‘pligi va ularga alohida-alohida javob bera olmasligimiz sababidan platformadan foydalanish bo‘yicha yana bir bor batafsil yo‘riqnomalar berishga qaror qildik.
Asosiy qoida: Olimpiadada qatnashish vaqtida:
1. Telegram, imo, whatsapp va boshqa xabar yoki oddiy sms kelsa va siz uni ochish uchun brauzerdan chiqsangiz;
2. Telefon qoʻngʻirogʻi boʻlsa va siz unga javob bersangiz;
3. Internetingiz uzulib qolsa;
4. Sifatsiz brauzerlardan kirsangiz;
5. Bilmasdan yoki to‘satdan chiqib ketsangiz; Oxirigacha tugatmay chiqib ketsangiz;
6. Qatnashayotib "obnovit" qilsangiz;
7. Telefoningiz zaryadi tugab chiqib ketsa;
8. Svet o‘chib wi fi ishlamay qolsa;
❌ Olimpiada yopilib qoladi, chunki platforma sizni "g‘irromlik qilmoqda" deb hisoblaydi.
Ushbu qoidaga amal qilmasangiz sizda muammo kelib chiqadi va biz bunga javobgar bo‘lmaymiz.
⬇️ ILTIMOS, har bir qadam bilan jiddiy tanishing!
1️⃣-qadam: Dastlab CHROME brauzeri orqali khiso.uz saytiga kirasiz.
+: Iloji boʻlsa kompyuter orqali kiring.
↗️O‘ng yuqori burchakda turgan Ro‘yxatdan o‘tish tugmasa bosib, ma'lumotlarni to‘ldirib, shaxsiy akkaunt (profil) ochish kerak. Agar bu ishni bilmasangiz video orqali o‘rganing: 👉 youtu.be/VIm3x31f5zI
2️⃣-qadam: Profil ochgandan keyin, shaxsiy ma'lumotlar bo‘limidan ism-familiya-sharifingizni kiritishingiz shart! Aks holda sertifikatingiz bo‘sh chiqadi va natijalarda ismingiz koʻrinmaydi.
3️⃣-qadam: Olimpiadalar bo‘limiga kirasiz va "yangi/ro‘yxatdan o‘tilgan/qatnashilgan" bo‘limchalarini koʻrasiz. Agar hali olimpiadaga yozilmagan bo‘lsangiz u "yangi" bo‘limchasida turadi. Olimpiadaga yozilganingizdan keyin u "ro‘yxatdan o‘tilgan" bo‘limiga o‘tadi. Olimpiada boshlanish vaqtiga qadar uning statusi "kutish" holatida bo‘ladi. Boshlanish vaqti kelgach status "boshlangan" rejimiga o‘tadi. Siz ushbu tugma orqali olimpiadani boshlaysiz. Bu haqida ham batafsil video tayyorlangan: 👉 youtu.be/3NiX8Ga4nrU
4️⃣-qadam: Siz olimpiadaga qatnashish davomida barcha javoblarni belgilab, oxirida yuborish tugmasini bosasiz va sizning natijangiz ma'lum qilinadi. Yuborish tugmasini bosmasangiz natijangiz hisobga olinmaydi. Shu joyda yana eslatamiz: CHROME brauzeri orqali kiring! Olimpiada barcha uchun yakunlanganga qadar, qatnashgan olimpiadangiz hech qaysi bo‘limda ko‘rinmaydi. Bundan havotirga tushmang!
5️⃣-qadam: Hamma uchun olimpiada yakunlangach (odatda 23:00 dan keyin) yana profilingizdan "qatnashilgan olimpiadalar" bo‘limiga kirasiz. Ushbu bo‘limdan javoblaringizni tahlili va sertifikatingizni yuklab olishingiz mumkin. Bu haqida quyidagi videoning davomida tanishishingiz mumkin: 👉 youtu.be/3NiX8Ga4nrU
❗️Oldin ro‘yxatdan o‘tgansiz-u, lekin parolingizni unutdingizmi? Unda ushbu video orqali parolni tiklashni o‘rganib oling: 👉 youtu.be/dg6iy8nPNMo
💰 Agar olimpiada to‘lovli bo‘lsa hisobingizni to‘ldirishingiz kerak. Bu haqida batafsil ushbu postda tushuntirilgan: 👉🏻 t.me/khiso/3024
👋 Barchangizga omad yor bo‘lsin!
Post #3072
151K