TGViewer
Channel Public Channel
TDYU • KARYERA

TDYU • KARYERA

@karyeratdyu

TDYU O‘quv-uslubiy boshqarma (Registrator ofisi) Bandlik (karyera) bo‘limining rasmiy kanali

Kanalda yuridik sohaga oid bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot bo‘yicha e’lonlar berib boriladi.

Vakansiyalar: @Azizaxon_Alisherovna @SARDOR_RAVILOVICH
Subscribers
13.9K
Photos
493
Videos
55
Links
1.3K
Recent Posts 20 shown
Post #2260 5.78K
#tavsiya #mulohaza

⚖️ Bo‘lajak yurist, ismingiz ortida qanday kasbiy qiyofa bo‘ladi?

Yuridik fanlar doktori, professor B. Xodjayevning bir fikrlari yaqinda e’tiborimni tortdi: “Har bir olimning o‘z brendi bo‘lishi kerak.”

Bugun uni faqat olimlarga emas, o‘z karyerasini qurayotgan yuristlarga ham tegishli deb hisoblash mumkin. Chunki hozirgi mehnat bozorida “men yuristman” degan ta’rifning o‘zi tobora kamlik qilmoqda. Muhimi, sizning aynan qaysi bilim va ko‘nikmangiz bilan ajralib turishingiz.

Balki siz mehnat huquqini yaxshi bilarsiz. Ehtimol, korporativ nizolar, advokatura, jinoyat huquqi yoki xalqaro huquq sizga yaqinroqdir. Yana kimdir raqamli huquq, sun’iy intellekt, intellektual mulk, gender tengligi yoki ijtimoiy ta’minot masalalarini o‘zining asosiy yo‘nalishiga aylantirishi mumkin. Menimcha, kasbiy o‘zlik aynan shunday tanlovlardan boshlanadi.

Yillar o‘tishi bilan sizni muayyan yo‘nalishdagi bilim va qarashlaringiz orqali tanishsa, bu allaqachon kasbiy mavqening shakllanayotganidan dalolat beradi. Odamlar biror masala yuzasidan “shu yuristning fikrini ham ko‘rish kerak” deb murojaat qila boshlashi ham katta natija.

Lekin bu yerda bir nozik jihat bor. O‘zini tanitish boshqa, o‘ziga nufuz yaratish boshqa. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rinish, ko‘p obunachiga ega bo‘lish yoki faol postlar yozish insonni mashhur qilishi mumkin. Ammo haqiqiy professional obro‘ buning o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Obro‘ vaqt talab qiladi. U bilim, mehnat, halollik, amaliy tajriba, ilmiy izlanish, yozilgan maqolalar, bildirilgan fikrlar va odamlar uchun yaratilgan real qiymat orqali shakllanadi.

❗️ Shuning uchun yosh yuristlarga bir narsani tavsiya qilgan bo‘lardik: hamma yo‘nalishni yuzaki egallashga intilishdan ko‘ra, o‘zingiz tanlagan bir sohada chuqurlashishga harakat qiling. Chunki bir kun kelib, sizni shunchaki “yurist” deb emas, ma’lum bir masala bo‘yicha murojaat qilinadigan mutaxassis sifatida bilishlari — karyerangizdagi muhim bosqich bo‘ladi.

Yana bir savolni o‘zimga ham, boshqa yurist va olimlarga ham berib ko‘rish qiziq: Agar bugun ismimizni Google’da qidirishsa, biz haqimizda qanday professional tasavvur paydo bo‘ladi❓

Qaysi yo‘nalishdagi ishlarimiz ko‘rinadi? Qanday fikrlarimiz esga tushadi? Ilmga yoki kasbga qanday hissa qo‘shganimizni odamlar nimalar orqali biladi? Menimcha, shaxsiy brendning eng muhim jihati ham shu. U sizning o‘zingiz haqingizda nima deganingiz bilan emas, yillar davomida qilgan ishlaringiz siz haqingizda nima deyishi bilan belgilanadi. Oxir-oqibat, insonning nomi emas, uning nomi ortida qolgan mazmun qadrlanadi. Yaratilgan bilim. Aytilgan va amalga oshirilgan g‘oyalar. Tarbiyalangan shogirdlar. Va kasb hamda ilmda qoldirilgan iz.

Balki olim va yurist uchun eng munosib “brend” ham aynan shudir.

✍️ Ismoilova Aziza Alisherovna,
Mehnat huquqi sho’basi katta o’qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

👮‍♂️ Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!

Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari
  • 👍 32
  • 💯 15
  • 👏 11
  • ⚡ 4
  • 😍 3
  • 🫡 2
Post #2259 6.25K
#vakansiya #Toshkent

📣 JURU xalqaro muhandislik va konsalting kompaniyasi shartnomalar bo'yicha mutaxassis (Contracts Specialist) lavozimiga ishga taklif qiladi. Bitiruvchilar ham ko'rib chiqiladi.

📌 Talablar:
🟣 yuridik oliy ma'lumot (LLB yoki unga teng);
🟣 ish tajribasi shart emas, moot court yoki amaliyot tajribasi ustunlik;
🟣 javobgarlik chegarasi, kafolat va sug'urta kabi tushunchalarni bilish;
🟣 Excel'da ishonchli ishlay olish;
🟣 ingliz tili erkin (majburiy), rus va o'zbek tillari ustunlik;

📌 Majburiyatlar:
🟢 xizmat ko'rsatish, mehnat, korporativ shartnomalar va NDA'larni tayyorlash;
🟢 hamkorlar va subpudratchilar bilan muzokaralar olib borish;
🟢 shartnomalar ijrosi va muddatlarini nazorat qilish;
🟢 shartnomaviy xatarlar va nizolarni hal qilish;
🟢 shartnoma shablonlarini yangilab borish;

📍 Toshkent shahri, ofisda;

🔗 Batafsil: LinkedIn havolasi

✈️ Qo'shimcha ma'lumot olish uchun: +998 50 073 09 17

👮‍♂️ Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!

Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari
  • 👍 11
  • 🙏 4
  • 💯 2
  • ⚡ 1
Post #2258 7.38K
📢 ISHGA TAKLIF!

🏢 “RESPUBLIKA INKASSATSIYA XIZMATI” MChJ YURIST lavozimiga nomzodlarni taklif etadi.

Asosiy vazifalar:
🟠 mehnat, fuqarolik va iqtisodiy huquq masalalari bo‘yicha hujjatlar tayyorlash;
🟠 shartnomalar va boshqa huquqiy hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish;
🟠 da’vo va talabnomalar tayyorlash;
🟠 sud va boshqa davlat organlarida Jamiyat manfaatlarini himoya qilish;
🟠 qonunchilikdagi o‘zgarishlarni tahlil qilish va tegishli takliflar tayyorlash.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
🎓 Oliy yuridik ma’lumot;
🟠 O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini, xususan fuqarolik, mehnat, iqtisodiy protsessual va shartnoma huquqini yaxshi bilish;
🟠 huquqiy hujjatlarni savodli va asoslantirilgan tarzda tayyorlay olish;
🟠 O‘zbek tilini mukammal bilish; rus tilini bilish ustunlik beradi;
🟠 Mas’uliyatlilik, tahliliy fikrlash va jamoada ishlash qobiliyati.

📝 Lavozimga qiziqqan nomzodlardan quyidagi so‘rovnomani to‘ldirish so‘raladi:

👇 So‘rovnomani to‘ldirish:
🔗 HAVOLASI

📍 O‘z imkoniyatingizni sinab ko‘ring va munosib ish o‘rniga ega bo‘ling!

👮‍♂️    Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!

Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari
  • 👍 13
  • ❤‍🔥 4
  • ⚡ 3
  • 🫡 1
Post #2256 11.3K
#vakansiya #Toshkent

📣 “DARUL FATH LAW FIRM”advokatlik firmasi advokat yordamchisi lavozimiga ishga taklif qiladi.

📌 Talablar:
🟣 yuridik oliy ma'lumot (huquqshunoslik yo'nalishi);
🟣o'zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish;
🟣 hujjatlar bilan ishlash ko'nikmasi;
🟣 mas'uliyatlilik va maxfiylikka rioya qilish.

📌 Vazifalar:
🟢yuridik hujjatlar, ariza va shikoyatlarni tayyorlashda yordam berish;
🟢sud ishlari va muzokaralar uchun materiallar tayyorlash;
🟢 mijozlar bilan muloqot va hujjatlar ro'yxatini yuritish;
🟢 advokatning topshiriqlarini bajarish;

📌 Biz taklif etamiz:
🟣 tajribali advokat rahbarligida kasbiy o'sish imkoniyati
🟣 rasmiy ish joyi va barqaror maosh;
🟣 qulay ish muhiti;

📍 Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yakkasaroy ko'chasi 5A-uy

✈️ Murojaat uchun: @Odilov_M1

👮‍♂️    Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!

Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari
  • ⚡ 11
  • 👍 9
  • 😍 5
  • ❤‍🔥 1
Post #2255 14.2K
#vakansiya #Toshkent

📣 Azizova Education jamoasiga rus tilida dars bera oladigan Huquq fani o‘qituvchisi ishga taklif etiladi.

🇷🇺 Ta’lim tili: rus tili

📌 Talablar:

🟣 oliy yuridik ma’lumot;
🟣 huquq sohasida yetarli bilim va amaliy ko‘nikma;
🟣 rus tilida erkin va tushunarli dars o‘ta olish;
🟣 21 yoshdan katta bo‘lish;
🟣 mas’uliyatli, izlanuvchan va rivojlanishga intiluvchan bo‘lish.

📌 Vazifalar:

🟢 huquq fanidan sifatli va zamonaviy dars mashg‘ulotlarini olib borish;
🟢 murakkab huquqiy tushunchalarni o‘quvchilarga sodda va tushunarli tarzda yetkazish;
🟢 o‘quvchilarning bilim va natijalarini oshirishga ko‘maklashish.

✈️ Murojaat uchun: obyektivkangizni Telegram orqali @Azizov_RS manziliga yuboring.

📞 +998 90 744 52 66

📍 Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Samarqand Darvoza, Qoratosh 32A

👮‍♂️    Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!

Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari
  • 🤝 7
  • 👍 2
  • ⚡ 1
  • 🫡 1
Post #2254 12.9K
#vakansiya #Toshkent

📣 CodexAcademy o'quv markazi tarix fani o'qituvchi (rus guruhlar uchun) lavozimiga ishga taklif etadi!

📌 Talablar:

🟢 21 yoshdan katta bo‘lishi;
🟢 kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
🟢 o‘quvchilari bilan samarali natijalarga erishgan bo‘lishi;
🟢 rus tilida erkin dars o‘ta olishi.

📌 Taklif:

🟣 kasbiy rivojlanish va o‘sish imkoniyati;
🟣 ahil va samimiy jamoada faoliyat yuritish;
🟣 qulay ish joyi va sharoitlar.

💸 1 500 000 so‘mdan 8 000 000 so‘mgacha.

📞 +998 50 890 3003

✈️   @codexqabul
rezyumeni telegram orqali yuboring.

👮‍♂️    Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!

Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari
  • 👍 6
  • 💯 1
Post #2253 11.8K
#vakansiya #Toshkent

📣 "MILLIY HUQUQ MAKTABI" o'quv markazi huquq-tarix fani o'qituvchi (rus guruhlar uchun) lavozimiga ishga taklif etadi!

📌  Talablar:

🟣 yosh chegarasi: 18-30 yosh;
🟣 huquq va tarix fanlaridan yuqori darajadagi bilim;
🟣 tarix fanidan milliy sertifikat (ustunlik beradi);
🟣 faollik, ma'suliyatlilik va jamoa bilan ishlash ko'nikmasi;

📌  Taklif qilinadi:

🟢 munosib oylik ish haqi;
🟢 ahil va do'stona jamoa;
🟢 moslashuvchan ish grafigi;
🟢 shaxsiy va professional o'sish imkoniyati;

⏰ 6/1, 14:00 dan 20:00 gacha

📍 Shayxontohur tumani ( Qoratosh ko'chasi)

✈️ Murojaat uchun: @Milliyhuquqmaktabi_admin

👮‍♂️    Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!

Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari
  • 👍 10
  • 🙏 2
  • 💯 1
Post #2252 11.1K
#vakansiya

Yoshlar uchun 21 mingga yaqin ish imkoniyati.

Ish qidirayotgan yoshlar uchun «Oson ish» platformasida ayni paytda 20 941 ta vakansiya mavjud.

💼 Yo‘nalishlar turli xil:
— xizmat ko‘rsatish;
— savdo va marketing;
— ishlab chiqarish;
— IT va texnologiyalar;
— ta’lim;
— moliya va boshqa sohalar.

O‘zingizga mos ishni toping. Birinchi qadamni bugun tashlang.

👮‍♂️ Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!

Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari
  • 👍 11
  • 🤝 2
  • ⚡ 1
  • 💯 1
  • 🫡 1
Post #2251 12.8K
#vakansiya #Toshkent

📣 Tashkent Law School o'quv markaziga huquq o'qituvchisi (rus tilida) lavozimiga ishga taklif etadi.

📌 Vazifalar:

🟢 huquq fanlaridan zamonaviy dars mashg‘ulotlarini olib borish;
🟢 o‘quvchilarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
🟢 dars jarayonida interaktiv va samarali ta’lim metodlaridan foydalanish.

📌 Talablar:

🟣 huquqshunoslik bo‘yicha oliy yoki tugallanmagan oliy ma’lumot;
🟣 dars o‘tish va auditoriya bilan ishlash qobiliyati;
🟣 rus tilida erkin va ravon dars o‘ta olish;
🟣 kamida 1 yillik ish tajribasi;
🟣 o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lish;
🟣 mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va kasbiy rivojlanishga intilish.

📞 +998 77 488 68 90

✈️   @zokirovanavruza
rezyumeni telegram orqali yuboring.

👮‍♂️    Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!

Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari
  • 👍 7
  • 💯 1
Post #2250 12.8K
#vakansiya #Toshkent

📣“UZLOGISTIC” QK MChJ — xalqaro logistika sohasida faoliyat yurituvchi Centrum Global Logistics kompaniyalar guruhi — yuridik bo‘limga Stajyor (Intern) lavozimiga ishga taklif etadi.

📌 Vazifalar:

🟣 Shartnomalar, kelishuvlar va korporativ hujjatlarni tayyorlash, tekshirish va huquqiy kuzatib borish;
🟣 Da’vo ishlarini yuritish va kontragentlar tomonidan majburiyatlar bajarilishini nazorat qilish;
🟣 Bitimlarni, shu jumladan xalqaro shartnomalarni huquqiy ta’minlash;
🟣 Kompaniyaning huquqiy xatarlarini tahlil qilish va minimallashtirish;
🟣 Davlat organlari, sudlar, arbitraj sudlari hamda muzokaralarda kompaniya manfaatlarini himoya qilish;
🟣 Xodimlarga huquqiy masalalar bo‘yicha maslahat berish;
🟣 Korporativ tartib-taomillar va standartlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.

📌 Talablar:

🟢 Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lish. 4-kurs bakalavriat va magistratura talabalari ham ko‘rib chiqiladi;
🟢 O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini, xususan Fuqarolik kodeksi va Iqtisodiy protsessual kodeksni yaxshi bilish;
🟢 Shartnomaviy-huquqiy ish yuritish asoslarini bilish;
🟢 Incoterms 2020 qoidalarini bilish;
🟢 Da’vo ishlarini yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar;
🟢 Yuridik shaxs hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkaza olish;
🟢 Shartnomalar va pretenziyalar reyestrini yurita olish;
🟢 Potensial kontragentlar bilan muzokaralarda yuridik shaxs manfaatlarini ifodalash ko‘nikmasi;
🟢 O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish;
🟢 Ingliz tili — B2 va undan yuqori;
🟢 MS Office dasturlaridan ishonchli foydalana olish.

📌 Ish sharoitlari:

📅 Ish grafigi: 5/2
📍 Manzil: Oybek ko‘chasi, Toshkent;
🍱 Ijtimoiy paket: ish joyida kompleks tushlik.

✈️   @ch_botirova
rezyumeni telegram orqali yuboring.

👮‍♂️    Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!

Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari
  • 👍 12
  • 🙏 3
  • 💯 3
  • 🤝 1
Post #2249 12K
#vakansiya #Toshkent #tanlov

✅ Toshkent davlat yuridik universitetining professor-o‘qituvchilar tarkibiga mavjud quyidagi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga tanlov e’lon qilindi:

1) Konstitutsiyaviy huquq shoʻbasi — 2 shtat birligi;
2) Ma՚muriy va moliya huquqi kafedrasi — 5 shtat birligi;
3) Sud hokimiyati, advokatura va huquqni muhofaza qiluvchi organlar shoʻbasi — 1 shtat birligi;
4) Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi shoʻbasi — 2 shtat birligi;
5 )Tadbirkorlik va korporativ huquq shoʻbasi — 1 shtat birligi;
6) Mehnat huquqi shoʻbasi — 1 shtat birligi;
7) Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish shoʻbasi — 2 shtat birligi;
8) Jinoyat-protsessual huquqi shoʻbasi — 2 shtat birligi;
9) Kriminalistika va sud ekspertizasi shoʻbasi — 1 shtat birligi;
10) Huquq va texnologiyalar shoʻbasi — 1 shtat birligi;
11) Davlat va huquq nazariyasi shoʻbasi — 2 shtat birligi;;
12) Huquq, jamiyat va madaniyat shoʻbasi — 4 shtat birligi;
13) Xorijiy tillar shoʻbasi — 1 shtat birligi

Jami: 25 ta

💼 Mazkur lavozimlarga nomzodlar uchun qo‘yilgan malaka talablari hamda tanlovda ishtirok etish tartibiga oid ma’lumotlar bilan batafsil tanishish va hujjat topshirish, ushbu havola orqali amalga oshiriladi:
🌐   Hujjat topshirish

⏳ Hujjat topshirish muddati 18.09.2026.

👮‍♂️
    Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!

Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari
  • 😍 22
  • 👍 8
  • ❤‍🔥 5
  • ⚡ 1
  • 💯 1
Post #2248 11.8K
#vakansiya #Toshkent

📣 Tashkent Law School o'quv markaziga huquq o'qituvchisi lavozimiga ishga taklif etadi.

📌 Vazifalar:

🟢 huquq fanlaridan zamonaviy dars mashg‘ulotlarini olib borish;
🟢 o‘quvchilarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
🟢 dars jarayonida interaktiv va samarali ta’lim metodlaridan foydalanish.

📌 Talablar:

🟣 huquqshunoslik bo‘yicha oliy ma’lumot;
🟣 dars o‘tish va auditoriya bilan ishlash qobiliyati;
🟣 kamida 1 yillik ish tajribasi;
🟣 o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lish;
🟣 mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va kasbiy rivojlanishga intilish.

📞 +998 77 488 68 90

✈️   @zokirovanavruza
rezyumeni telegram orqali yuboring.

👮‍♂️    Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!

Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari
  • 👍 15
  • 😍 5
  • 💯 4
Post #2247 13.3K
#Vakansiya #Toshkent

📣 SOGDIANA LEGAL kompaniyasi keyinchalik ishga rasmiylashtirish sharti bilan STAJYORLARni taklif etadi.

📌Bizning nomzodga qo‘yadigan talablarimiz:

🟣 yuridik oliy o'quv yurtlarining 3–4-kurs talabalari yoki bitiruvchilari (tugallanmagan oliy ma'lumot ham qabul qilinadi);
🟣 o'zbek va rus tillarini bilish;
🟣 ingliz tili afzallik hisoblanadi (daraja suhbat davomida aniqlanadi);
🟣 fuqarolik va biznes-huquqqa qiziqish;
🟣 o'rganishga va natijaga ishlashga intilish.

📌 Sizga taklif etamiz:

🟢 bepul amaliyot — nazariya emas, haqiqiy ishlar ustida tajriba;
🟢 tajribali mutaxassislar rahnamoligini;
🟢 amaliyot muddati — 1 oydan 3 oygacha, bu o'zingizni qanday namoyon etishingizga bog'liq;
🟢 yakunida imtihon, uni muvaffaqiyatli topshirsangiz — doimiy ishga taklif!

🕊 Rezyume yoki obyektivkangizni telegram orqali yuboring: @nodirbek_hr_calculator

👮‍♂️    Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!

Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari
  • ⚡ 13
  • 👍 10
  • 💯 3
  • 🤝 1
Post #2246 12.5K
#Vakansiya #Toshkent

📣 "LAWPOWER" konsalting kompaniyasi kichik korporativ yuriskonsult lavozimiga taklif etadi

Oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchi (oxirgi) kurs talabalarning nomzodlari ham ko‘rib chiqiladi.

📌 Sizdan kutiladigan asosiy vazifalar:

🟣 korporativ hujjatlar, shartnomalar va huquqiy xulosalar loyihalarini tayyorlash hamda tahlil qilish;
🟣 mijozlar va kompaniya faoliyatini har tomonlama huquqiy kuzatib borish;
🟣 davlat organlari va kontragentlar bilan samarali muloqot olib borish;
🟣 qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar va sud amaliyotini doimiy monitoring qilish;
🟣 amaliy keyslarni tahlil qilishda ko‘maklashish.

📌 Bizning nomzodga qo‘yadigan talablarimiz:

🟢 oliy yuridik ma’lumot (yoki bitiruvchi kurs talabasi);
🟣 rus tilida mukammal yozma va og‘zaki muloqot qilish ko‘nikmasi (majburiy);
🟢 ingliz tilini bilish hamda korporativ huquq bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘lish katta ustunlik beradi;
🟢 e’tiborlilik, mas’uliyat, mantiqiy fikrlash va rivojlanishga bo‘lgan kuchli ishtiyoq.

📌 Sizga taklif etamiz:

🟣 mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy bandlik;
🟣 bilimingiz va tajribangizga mos ravishda suhbat natijalariga ko‘ra belgilanadigan, o‘suvchi ish haqi;
🟣 kuchli, do‘stona va o‘z ustida ishlaydigan professional jamoa;
🟣 real keyslarda amaliyot o‘tash va tezkor karyera o‘sishi imkoniyati.

⏰ Ish grafigi: 6/1, 09:00 – 18:00 (shanba kuni: 09:00 – 13:00)

🕊 Rezyume yoki obyektivkangizni telegram orqali yuboring: @lawpowerteam

👮‍♂️    Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!

Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari
  • ⚡ 10
  • 👍 8
  • 🤝 2
  • ❤‍🔥 1
  • 🙏 1
  • 💯 1
Post #2245 14.8K
#Vakansiya #Toshkent

📣 O‘zbekistondagi yetakchi ta’lim platformasi CEO Assistenti lavozimiga ishga taklif etadi.

📌 Vazifalar:

🟣 rasmiy hujjatlarni tayyorlash, tahrirlash va arxivlash;
🟣 yig‘ilishlar va uchrashuvlar jadvalini yuritish;
🟣 ichki va tashqi yozishmalarni boshqarish;
🟣 CEO topshiriqlarining bajarilishini nazorat qilish va hisobot berish.

📌 Talablar:

🟢 hujjat aylanishi bo‘yicha tajriba yoki bilim;
🟢 MS Office, Google Docs va Google Sheets dasturlarida erkin ishlay olish;
🟢 diqqatli, tartibli va mas’uliyatli bo‘lish;
🟢 maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash madaniyatiga ega bo‘lish;
🟢 o‘zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish;
🟢 ongliz tilini bilish — ustuvorlik beradi.

📌 Afzalliklar:

🟣 O‘zbekistondagi yetakchi ta’lim platformasida karyera qurish imkoniyati;
🟣 kasbiy o‘sish va rivojlanish uchun imkoniyatlar;
🟣 professional va rivojlanishga yo‘naltirilgan jamoa.

⏰ Ish grafigi: to‘liq stavka

💸 Maosh: suhbat asosida

✈️ @USTOZAI_HR ga CVni telegram orqali yuboring.

👮‍♂️    Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!

Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari
  • 👍 8
  • 💯 2
Post #2244 13.4K
#vakansiya #Namangan

📣 Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi H.K.Muhitdinova nomidagi akademik litsey o'qituvchi lavozimiga tanlov e’lon qiladi.

📌  Talablar:

🟣 Oliy yuridik maʼlumotga (qoida tariqasida, magistr, diplomli mutaxassis), o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va amaliy ish tajribasiga eta bo‘lish;
🟣 pedagogik faoliyatda zarur boʻlgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
🟣 namunaviy, shaxsiy fazilatlarga, madaniyatlilik, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo'lish, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat'iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta'minlash xususiyaglariga ega bo'lishi;
🟣 axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.

⏳ 03.09.2026

🌐   Hujjat topshirish

📞 +998 69 233 07 20

👮‍♂️    Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!

Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari
  • 👍 11
  • 🤝 3
  • 💯 2
Post #2243 17.5K
#stajirovka

📣 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining:

🎓 “Yurisprudensiya”
🎓 “Ijtimoiy ish”
🎓 “Sotsiologiya”
🎓 “Psixologiya” ta’lim yo‘nalishlarida bakalavriatning 3–4-bosqich hamda magistraturada tahsil olayotgan talabalar uchun Agentlik tizimida stajirovka o‘tash imkoniyati e’lon qilindi.

📌 Stajirovka davomida talabalar nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📅 Ariza topshirishning so‘nggi muddati: 2026-yil 15-sentabr

🌐 Arizalar Agentlikning maxsus platformasi orqali qabul qilinadi:
👉 https://internship.ihma.uz

⚠️ Qiziqish bildirgan talabalarni stajirovka dasturida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

👮‍♂️ Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!

Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari
  • 👍 17
  • ❤‍🔥 7
  • 🤝 5
  • 💯 2
Post #2242 12.1K
#Vakansiya #Toshkent

📣 "ZARREZ PS-GROUP" MCHJ xorijiy korxonasi yurist lavozimiga ishga taklif etadi.

📌 Vazifalar:

🟣 shartnomalar va yuridik hujjatlarni tayyorlash hamda tahlil;
🟣 kompaniya faoliyatini huquqiy jihatdan ta'minlash va kuzatish;
🟣 yuridik xulosalar va ma'lumotnomalar tayyorlash;
🟣 davlat organlari va kontragentlar bilan hamkorlik qilish;
🟣 qonunchilikdagi o'zgarishlarni monitoring qilib borish.

📌 Talablar:

🟢 oliy yuridik ma'lumot;
🟢 tajriba ustuvorlik beradi;
🟢 rus tilida erkin yozish va muloqot qila olish majburiy, ingliz tilini bilish ustuvorlik beradi;
🟢 mas’uliyat, punktual bo‘lish, e’tiborlilik va stressli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish;

📌 Afzalliklar:

🟣 barqaror o'suvchi maosh;
🟣 xalqaro, professional va ahil jamoa;
🟣 karyerangizni rivojlantirish uchun haqiqiy imkoniyatlar;

⏰ Ish grafigi:6/2, 09:00-18:00
(shanba 9:00 dan 13:00 gacha)

💸 8-10 mln so‘mdan boshlanadi

✈️ @Zarrez_law ga rezyume yoki obyektivkangizni telegram orqali yuboring.

👮‍♂️ Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!


Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari
  • 🤝 13
  • 👍 4
  • 💯 2
  • 🙏 1
Post #2241 11K
#Vakansiya #Toshkent

📣 “Sharif Mahsuloti" MCHJ da hujjatlar bilan ishlovchi viza konsultant lavozimiga nomzodlarni ishga taklif etadi.

 📌 Vazifalar:

🟣 mijozlarga viza olish jarayonida qulaylik yaratish;
🟣 elchixonalarga beriladigan hujjatlarni xatosiz, to'g'ri formatda ekanligini nazorat qilish.

📌 Talablar:

🟢 to'liq stavkada ishlay olish;
🟢 Microsoft Office dasturlaridan samarali foydalana olish;
🟢 ingliz va rus tillarini bilish - minimum B2;
🟢 hujjatlar bilan ishlay olish qobiliyati.

📌 Sharoitlar:

🟣 rasmiy ishga joylashish;
🟣 cheklanmagan usulda lavozim ortishi;
🟣 barqaror maosh + bonuslar.

📍 Manzil: Toshkent shahar, Sharof Rashidov ko'chasi, 99A. Mo'ljal: Toshkent Xalqaro Universiteti (Bodomzor Metro Bekati)
        
✈️ @Maqsudjon_HR
obyektivkangizni telegram orqali yuboring.

👮‍♂️ Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!


Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari
  • 👍 7
  • 🤝 5
  • 💯 3
Post #2240 10.8K
#tavsiya #foydali

📣 Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan “University 3.0” konsepsiyasi, ya’ni ta’lim – fan – innovatsion tadbirkorlik amalga oshirib kelinmoqda. Unga ko‘ra universitet tomonidan ilmiy-innovatsion faoliyatni tijoratlashtirish maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlar, tashkilotlar, NNTlar, NTMlar bilan shartnomalar tuzish yo‘lga qo‘yilgan.

Universitetda huquqning 21 ta yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislik sho’balari mavjud bo‘lib, “Huquqiy maslahat berish” xizmati taklif etiladi.

📞 +998712336636

👮‍♂️ Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!


Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari
  • 👍 10
  • 🤝 2
  • 😍 1
  • 💯 1
Older posts →

About this channel

How can I read @karyeratdyu without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for TDYU • KARYERA: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does TDYU • KARYERA have?
TDYU • KARYERA (@karyeratdyu) has 13.9K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does TDYU • KARYERA know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →