📣 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining:
🎓 “Yurisprudensiya”
🎓 “Ijtimoiy ish”
🎓 “Sotsiologiya”
🎓 “Psixologiya” ta’lim yo‘nalishlarida bakalavriatning 3–4-bosqich hamda magistraturada tahsil olayotgan talabalar uchun Agentlik tizimida stajirovka o‘tash imkoniyati e’lon qilindi.
📌 Stajirovka davomida talabalar nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📅 Ariza topshirishning so‘nggi muddati: 2026-yil 15-sentabr
🌐 Arizalar Agentlikning maxsus platformasi orqali qabul qilinadi:
👉 https://internship.ihma.uz
⚠️ Qiziqish bildirgan talabalarni stajirovka dasturida faol ishtirok etishga chorlaymiz!
👮♂️ Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!
Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari