TGViewer
TDYU • KARYERA TDYU • KARYERA @karyeratdyu · 13.9K subscribers
Post #2250 12.8K
#vakansiya #Toshkent

📣“UZLOGISTIC” QK MChJ — xalqaro logistika sohasida faoliyat yurituvchi Centrum Global Logistics kompaniyalar guruhi — yuridik bo‘limga Stajyor (Intern) lavozimiga ishga taklif etadi.

📌 Vazifalar:

🟣 Shartnomalar, kelishuvlar va korporativ hujjatlarni tayyorlash, tekshirish va huquqiy kuzatib borish;
🟣 Da’vo ishlarini yuritish va kontragentlar tomonidan majburiyatlar bajarilishini nazorat qilish;
🟣 Bitimlarni, shu jumladan xalqaro shartnomalarni huquqiy ta’minlash;
🟣 Kompaniyaning huquqiy xatarlarini tahlil qilish va minimallashtirish;
🟣 Davlat organlari, sudlar, arbitraj sudlari hamda muzokaralarda kompaniya manfaatlarini himoya qilish;
🟣 Xodimlarga huquqiy masalalar bo‘yicha maslahat berish;
🟣 Korporativ tartib-taomillar va standartlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.

📌 Talablar:

🟢 Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lish. 4-kurs bakalavriat va magistratura talabalari ham ko‘rib chiqiladi;
🟢 O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini, xususan Fuqarolik kodeksi va Iqtisodiy protsessual kodeksni yaxshi bilish;
🟢 Shartnomaviy-huquqiy ish yuritish asoslarini bilish;
🟢 Incoterms 2020 qoidalarini bilish;
🟢 Da’vo ishlarini yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar;
🟢 Yuridik shaxs hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkaza olish;
🟢 Shartnomalar va pretenziyalar reyestrini yurita olish;
🟢 Potensial kontragentlar bilan muzokaralarda yuridik shaxs manfaatlarini ifodalash ko‘nikmasi;
🟢 O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish;
🟢 Ingliz tili — B2 va undan yuqori;
🟢 MS Office dasturlaridan ishonchli foydalana olish.

📌 Ish sharoitlari:

📅 Ish grafigi: 5/2
📍 Manzil: Oybek ko‘chasi, Toshkent;
🍱 Ijtimoiy paket: ish joyida kompleks tushlik.

✈️   @ch_botirova
rezyumeni telegram orqali yuboring.

👮‍♂️    Karyerangizni biz bilan rivojlantiring!

Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o'rinlari
  • 👍 12
  • 🙏 3
  • 💯 3
  • 🤝 1
More from @karyeratdyu
  1. Sep 28, 2026#tavsiya #mulohaza ⚖️ Bo‘lajak yurist, ismingiz ortida qanday kasbiy qiyofa bo‘ladi? Yurid…
  2. Sep 28, 2026#vakansiya #Toshkent 📣 JURU xalqaro muhandislik va konsalting kompaniyasi shartnomalar bo…
  3. Sep 28, 2026📢 ISHGA TAKLIF! 🏢 “RESPUBLIKA INKASSATSIYA XIZMATI” MChJ YURIST lavozimiga nomzodlarni t…
  4. Sep 23, 2026#vakansiya #Toshkent 📣 “DARUL FATH LAW FIRM”advokatlik firmasi advokat yordamchisi lavozi…
  5. Sep 15, 2026#vakansiya #Toshkent 📣 Azizova Education jamoasiga rus tilida dars bera oladigan Huquq fa…
  6. Sep 14, 2026#vakansiya #Toshkent 📣 CodexAcademy o'quv markazi tarix fani o'qituvchi (rus guruhlar uch…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →