TGViewer
Channel Public Channel
Kariymulloh

Kariymulloh

@kariymulloh

Subscribers
543
Photos
19
Videos
2
Links
91
Recent Posts 20 shown
Post #911 177
Bilish — ilmsizlikning boshi.

Eslash — unutishning avvali.
Post #909 1.99K
Kariymulloh https://youtu.be/Q9RxqeSP90A?si=xfG860fH79CYv9AD
6 karra ironman* bo‘lgan, (bir yilda 5 marta) Sahroda 270km yugurgan inson…

Amerikada startap qurib, muvaffaqiyatli exit(sotish) qilgan…

1Fitni O‘zbekistonga olib kirib, rivojlantirgan, hozir esa 15 million dollarlik Deepen startapining egasi.

Yana ta’riflasa tugamaydi.

Podkastimizning ilk sonida mana shunday inson - Farhod aka Furqatov bilan suhbatlashdik.

Suhbatda sport, sog‘lik, hayot, oila haqida gaplashdik va startaplar borasida asoschilar va investorlar uchun kerakli mavzularda gaplashdik.

*Ironman bu - 3,9km ochiq suvda suzish, 180km velosiped haydash va 42km yugurishni bir vaqtda qilish.

Bu insonni haqiqiy temir irodali qiladi. Farhod aka mana shunday umumiy 226 km masofani bir yil ichida 5 marta bosib o‘tganlar. Yaqinda oltinchi bor qatnashdilar va har bir ironmandan keyingi hayot haqidagi falsafiy xulosalarini aytdilar.

Suhbatni oxirgacha ko‘rib, fikrlaringizni albatta qoldiring! Bu men uchun muhim. Va shaxsiy bloglarda do‘stlaringizga ulashing!

https://youtu.be/Q9RxqeSP90A?si=xfG860fH79CYv9AD

@kariymulloh
Post #906 1.08K
100$ lik reja yoxud rivojlanish uchun faqatgina 100$ pulim qolsa shularni qilar edim.

Shu postni o’qiy oladigan barchada oyiga 100$ topish muammo emas.

Kuryerlik qilib yoki kunlik ishlarga chiqib ham topish mumkin.

Mana shu pul bilan esa ko’p ishlarni qilsa bo’ladi.

Bahonalarga o’rin yo’q. Shunchaki xohish va bajarish lozim.

Quyidagi maqolada mana shunday ishlardan ayrimlarini sanadim.

Sizda yana qo’shimchalar bo’lsa izohlarda yozing.

Substackda menga obuna bo’lsangiz doim nimadir yozib turishga mativatsiya bo’ladi.
Substack 100$ lik reja Chuchvara tugib sotish emas
Post #904 1.01K
Qobiliyatlimisiz?

Qobiliyat nima? Qabul qila olish.

Nimani qabul qilish? Hamma narsani boricha qabul qilish.

Oxirgi paytlarda ko‘pchilik kasbidan, ahvolidan, ishxonasidan xato turmush o‘rtog‘idan noliganini eshityapman.

Bir suhbatda do‘stlarimiz bilan shu haqda gaplashib bir xulosaga kelgandik.

Shuni Substackda katta bir maqola qilib yozib qo‘yibman.

Bir o‘qib baho bersangiz xursand bo‘laman.

Substackda meng obuna bo‘lsangiz doim nimadir yozib turishga motivatsiya bo‘ladi. Rahmat!)
Substack O'z atrgulingiz bo'lsin Qobilyatlimisiz?
Post #896 2.36K
Aql-farosat bilan instagram lenta uzunligi teskari proporsional.

Buni baland ovozda reels ko'radiganlar oldida yaqqol his qilasiz.

Bu postni ana shunday baland ovozda reels ko'radiganlarga yuborib qo'ying.

Menimcha tushunishmasa ham kerak.

@kariymulloh
Post #895 4.01K
Hayitlik olishni emas berishni boshlasangiz — katta bo'libsiz.

Olishdan ko'ra berish yoqimli.

Chunki inson fitratida kibr, ego emas menini yo'qotib, Qurbon bo'lish yozilgan.

Qurbonlik — o'zligini boshqa shaxs, g'oya, maqsad yo'lida yo'q qilish ya'ni, qullik. Kibrning aksi.

Qurbonlik — har kimning ham qurbidan kelavermaydi.

Qurbon bo'lgan, bo'layotgan, bo'ladiganlarga ayyom muborak.

@kariymulloh
Post #894 1.71K
Yozmay qo'ydim. Chunki yangi fikrlar kelmayapti.

Nega yangi fikrlar kelmayapti? Chunki yangi ma'lumotlar kirmay qo'ydi.

Nega yangi ma'lumot kirmayapti? Chunki yangi kitoblar, tanishuvlar, bilimlar bo'lmay qo'ydi.

Yangilik, o'zgarish yo'qmi demak eski holatda qotib qoldim.

Bu hayotda esa qotib turib bo'lmaydi. Yoki oldinga yoki orqaga. Jim turibsizmi demak orqaga ketyapsiz.

Ortga ketmaslik uchun ham harakat kerak.

Yashashda davom etish uchun yozishda davom etamiz.

@kariymulloh
Post #893 1.56K
Yoshligim tepasida o'tgan o'rik meva bermay qo'yibdi.

Kichikligimda haybat ramzi bo'lgan chinorlar munkayib qolibdi.

Umrimning ramzi kabi shoxlari ham kam qolgan.

Yoshlikda meni ko'madigan ariqlarda to'pig'imgacha ham suv yo'q.

Ufqqa tutashgan dalalar o'rnida uylar.

Umr o'tmoqda...

@kariymulloh
Post #888 2.23K
Shaxsiy chatlar to'ladigan,

Tanimaydigan qarindoshlarni ham uyiga boriladigan,

Tushlikda ro'zami yo'qmi bir o'ylab keyin yeyiladigan,

Hayitlik berishmaganidan katta bo'lganimizni anglaydigan,

Birorta xafa inson topilmaydigan kun — hayit ayyomi muborak bo'lsin.

P/s: baribir shuni aytmasam bo'lmasdi. 9860 3501 .....😂

@kariymulloh
Post #887 2.15K

Forwarded from Otabek Qodiriy (Otabek Bekmirzayev)

Romantizatsiya

Bir hikoya bor edi: juda ham taqvoli xalq bo'lgan, shayton yo'ldan urolmagan(!?)

Ularning eng taqvolilari vafot etgan, qishloq markaziga ko'mishgan, qabrini bezashgan

Yangi avlodlar qabrni ko'rib yo'qlashni boshlagan

Undan ham yangi avlod esa o'lgan qabr egalariga sig'inishni boshlashgan

Shayton yo'ldan urishiga bir necha yil emas, bir necha yuz yillar ketdi...

Sayohat qilish, avtomobil olish, erta/kech turmush, shaxsiy erkinlik...

Menga yoqadigan ishni insonlar qilmas ekan, men bu ishni "baxt" ekanligini ko'rsataman

Biringiz menga ergashasiz, biz ko'payamiz, ko'pchilikka esa "hamma narsa mumkin".

Savol: qachongacha orzularni boshqalarning nafsidan olamiz?

@bekhmirzayev_blog
Post #886 1.67K
Daxshatli go'zallik 2
Post #883 2.58K
Daxshatli go'zallik.

Haqiqiy qudrat egasidan qudrat namoyishi.

P/s: AI emas bu

@kariymulloh
Post #880 3.02K
2026-yildagi barcha yaxshi niyatlaringiz agar menga halaqit bermasa amalga oshsin!
Post #879 3.23K
Haqiqiy sportda bilagi belimdek keladiganlar bo‘lmaydi.

Chunki sport - qomat emas, chidamlilik.

Linkedinda eriga yoqimli ayol bo‘lishni o‘rgatadiganlar yo‘q.

Chunki u - haqiqiy professionallar joyi. Soxtakorlik qilib bo‘lmaydi.

Taniydigan katta tadbirkorlarim iPhone emas oddiy Samsung yoki Redmi ishlatishadi.

Chunki haqiqiy boylar davrasida xodimlar soni yoki zavodlari, berayotgan qiymati status beradi.

Shaklga emas mohiyatga e’tibor bering. Uzun yo‘llarni tanlang!

Sog‘liq uchun zalga chiqish - yolg‘on. Storisda kiyimsiz, presslarni ko‘rsatish uchunligi - rost.

Rasmga yuzi emas bilaklari, presslari bilan tushadi. Ozmuncha harakat qildimi?

Kuchli mo‘min bo‘lishni iddao qilib 5 km ham yugura olmaydi.

Kuchni bilakda deb o‘ylab Ibn Mas’ud (r.a)ni unutishadi.

Ozg‘in va boshqalar zaif deb bilgan zotning oyoqlari oxiratda Uxud tog‘idan og‘irroq bo‘ladi.

Chunki ishlar shakliga emas mohiyatiga ko‘ra bo‘ladi.

@kariymulloh
Post #878 2.42K
Miyaga kislorod yetib bormasa, charchoq his qilib homuza tortamiz.

Burundan kam havo olgandan, og‘iz orqali ko‘p havoni bittada olishni buyuradi.

Lekin Islomda esnash yomon hisoblanib, og‘izni to‘sish buyurilgan (shu chiroyli ham)

Chunki burun orqali havo filtrlanib, kerakli yo‘llar orqali kerakli joyga boradi.

Og‘iz orqali esa ko‘p miqdorda, filtrsiz noto‘g‘ri joylarga borib zaharlaydi.

Filtrsiz havo miyaga borib turli buzuqliklar qildiradi. Esnash shaytondan deyilishi shungadir.

Marketing tilida aytsam auditoriyani keng olsangiz lidlar sifati tushib ketadi.

Bu sotuv bo‘limini kuchsizlantiradi. Shuning uchun qiyin va uzoq yo‘l afzal.

Dinga rivoyat emas, hayot qonunidek qarasak ko‘p narsa ko‘ramiz.

@kariymulloh
Post #877 2.15K
XIX asrda ko‘pchilik hijrat qilgan. O‘zimizda ziyoli, boy bo‘lganlar borgan joyida ham shunaqa bo‘lishgan.

Kalkulyator matematiklarni o‘rnini egallashi kerak edi lekin avvaldan matematikani biladiganlargina ishlatgan.

AI dasturchilarni ishsiz qoldiradi deyishgandi lekin uni faqat dasturlashni oz bo‘lsa-da biladiganlargina ishlatmoqda

Pul bo‘lsa zo‘r biznes qilmoqchi bo‘lganlar g‘oyaga ham pul berilayotgan startap lar paytida ham boshlagani yo‘q.

Lekin 15 yildan beri shu sohada yurganlar million dollarlik bizneslar qilishmoqda.

Avvaldan qiladiganlar keyin ham qiladi. Avval qilmaganlar chaynab bersangiz ham yutolmaydi.

@kariymulloh
Older posts →

About this channel

How can I read @kariymulloh without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Kariymulloh: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Kariymulloh have?
Kariymulloh (@kariymulloh) has 543 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Kariymulloh know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →