TGViewer
Kariymulloh Kariymulloh @kariymulloh · 543 subscribers
Post #879 3.23K
Haqiqiy sportda bilagi belimdek keladiganlar bo‘lmaydi.

Chunki sport - qomat emas, chidamlilik.

Linkedinda eriga yoqimli ayol bo‘lishni o‘rgatadiganlar yo‘q.

Chunki u - haqiqiy professionallar joyi. Soxtakorlik qilib bo‘lmaydi.

Taniydigan katta tadbirkorlarim iPhone emas oddiy Samsung yoki Redmi ishlatishadi.

Chunki haqiqiy boylar davrasida xodimlar soni yoki zavodlari, berayotgan qiymati status beradi.

Shaklga emas mohiyatga e’tibor bering. Uzun yo‘llarni tanlang!

Sog‘liq uchun zalga chiqish - yolg‘on. Storisda kiyimsiz, presslarni ko‘rsatish uchunligi - rost.

Rasmga yuzi emas bilaklari, presslari bilan tushadi. Ozmuncha harakat qildimi?

Kuchli mo‘min bo‘lishni iddao qilib 5 km ham yugura olmaydi.

Kuchni bilakda deb o‘ylab Ibn Mas’ud (r.a)ni unutishadi.

Ozg‘in va boshqalar zaif deb bilgan zotning oyoqlari oxiratda Uxud tog‘idan og‘irroq bo‘ladi.

Chunki ishlar shakliga emas mohiyatiga ko‘ra bo‘ladi.

@kariymulloh
More from @kariymulloh
  1. Sep 20, 2026Bilish — ilmsizlikning boshi. Eslash — unutishning avvali.
  2. Sep 9, 20266 karra ironman* bo‘lgan, (bir yilda 5 marta) Sahroda 270km yugurgan inson… Amerikada star…
  3. Sep 9, 2026https://youtu.be/Q9RxqeSP90A?si=xfG860fH79CYv9AD
  4. Aug 14, 2026Men haqimda gapirishibdi. https://youtu.be/DCcPH9c5BuM?t=1368&si=KO2xJJ-Qcjx59qdw
  5. Aug 12, 2026100$ lik reja yoxud rivojlanish uchun faqatgina 100$ pulim qolsa shularni qilar edim. Shu…
  6. Aug 8, 2026Qobiliyatlimisiz? Qobiliyat nima? Qabul qila olish. Nimani qabul qilish? Hamma narsani bor…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →