Yozmay qo'ydim. Chunki yangi fikrlar kelmayapti.
Nega yangi fikrlar kelmayapti? Chunki yangi ma'lumotlar kirmay qo'ydi.
Nega yangi ma'lumot kirmayapti? Chunki yangi kitoblar, tanishuvlar, bilimlar bo'lmay qo'ydi.
Yangilik, o'zgarish yo'qmi demak eski holatda qotib qoldim.
Bu hayotda esa qotib turib bo'lmaydi. Yoki oldinga yoki orqaga. Jim turibsizmi demak orqaga ketyapsiz.
Ortga ketmaslik uchun ham harakat kerak.
Yashashda davom etish uchun yozishda davom etamiz.
@kariymulloh
Post #894
1.72K