πππ Hurmatli do'stimiz, qadrli hamkasbimiz Karimboy (Raximov Karim Xoshimovich) davlatimiz rahbari tomonidan ta'sis etilgan "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandilar!πΊπΏπΊπΏπΊπΏ
π¨βπ Karimboy O'zbekiston matematika ilm-fanida o'zining mustahkam o'rniga ega bo'lgan yetuk olimlarimizdan sanaladi. U nafaqat kuchli tadqiqotchi, balki bugungi kunda zamonaviy matematikaning eng dolzarb yo'nalishlaridan hisoblangan plyuripotensiallar nazariyasi va kompleks dinamik sistemalar bo'yicha o'zining mustaqil ilmiy maktabini yaratgan chinakam ustozdir.
Bugungi kunga qadar do'stimizning rahbarligida ko'plab shogirdlar PhD (falsafa doktori) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilib, yurtimiz fani rivojiga o'zlarining munosib hissalarini qo'shib kelmoqdalar.
πππ Ushbu yuksak e'tirof va mukofot bilan hurmatli Karimboyni chin qalbimizdan tabriklaymiz!
π€²π€²π€² Kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida yangidan-yangi zafarlar, mustahkam sog'lik va kuch-quvvat tilab qolamiz. πππ
Post #577
3.22K
Forwarded from Kompleks analiz (Kompleks o'zgaruvchili funksiyalar nazariyasi)


- π₯ 167
- π 67
- π 32
- π― 13