Yoshlarga...
Oroldasan... u yerdan ketging keladi, lekin qayig'ing yo'q. Doim qayg'urasan, men bu yerdan yaxshiroq joylarga loyiqman deb o'ylaysan. Aslida istagan paytim qayiq yasab bu yerdan keta olaman deb ham o'ylaysan. Meni qo'limdan ko'p narsa kelgan, bundan keyin ham keladi deysan...
Bir necha bor qayiq yasashni boshlagansan, 1-2 kunlik ishdan keyin qorin dardi seni qiynagan va ovga chiqqansan, oving doim baroridan kelgan. Ayrim payt o'ylab qolasan, balki hozirgi joyim yaxshidir, har kuni go'shtxo'rlik...
Haliyam oroldasan, seni tushunadiganlar yo'q, kesgan daraxtlaring tagi ya'ni to'nkalar bilan gaplashib o'tirasan. Borib-borib o'zingni to'nkalar ichidagi bir aqlli deb his qila boshlaysan, sen ular ichida eng aqllisisan.
Aslida qayiq yasash uchun senda hamma narsa bor, lekin uni yasash sen uchun uncha yoqimli ish emas, qani endi o'zi yasalib qolsa. Balki endi orolda orttirgan hurmatingni yo'qotish va odamlar orasiga borganda bunday obro'ga ega bo'lish uchun qilinadigan harakat qayiq yasashdanda ko'ra qiyinroq ekanligini his qilayotgandirsan...
Yoshlar bu hayotda juda ko'p bor orolga tushib qolasizlar. Hayot shunday bir oroldan ikkinchisiga, unisidan boshqasiga...
Har safar qayiq yasashingizga to'g'ri keladi. Qaysidir payt, faningizni qattiq o'zlashtirish qayiq bo'lib xizmat qilsa, qaysidir payt Ingliz tilini o'zlashtirish shu vazifani bajaradi. Agar harakat qilmasangiz qaysidir orolda qolib ketishingiz hech gap emas...
Haliyam oroldasan.....tezda qayiq yasa, qaraaab o'tirmasdan
@karimraximov
Post #572
27.3K
- 🔥 171
- 💯 56
- 👍 52
- 👏 15