TGViewer
Karim Raximov Karim Raximov @karimraximov · 2.23K subscribers
Post #574 5.09K
📢 Dynamical Days Jizzakh 2026 xalqaro yozgi maktabi

2026-yil 14–18-sentabr kunlari Jizzax pedagogika universitetida dinamik sistemalar bo‘yicha besh kunlik “Dynamical Days Jizzakh 2026” xalqaro yozgi maktabi bo‘lib o‘tadi.

Yozgi maktab xaotik dinamik sistemalarning statistik xususiyatlarini o‘rganishda qo‘llaniladigan zamonaviy funksional-analitik va ehtimollik usullariga bag‘ishlanadi.

🎓 Taklif etilgan ma’ruzachilar:

🔹 Carlangelo Liverani
University of Rome Tor Vergata, Italiya
Standard Pairs, Projective Cones and Limit Theorems

🔹 Wael Bahsoun
Loughborough University, Buyuk Britaniya
Transfer Operators and Young Towers

Dastur davomida jami 8 ta asosiy ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.


👥 Yozgi maktab bakalavr va magistratura talabalari, doktorantlar, yosh tadqiqotchilar hamda dinamik sistemalar, ergodik nazariya va matematik fizika yo‘nalishida ishlayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

📅 O‘tkazilish sanasi: 14–18-sentabr, 2026-yil
📍 Manzil: Jizzax, O‘zbekiston
⏳ Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi sanasi: 15-avgust, 2026-yil

🌐 Batafsil ma’lumot va dastur:
https://dynamical-days.vercel.app/

📝 Ro‘yxatdan o‘tish:
https://seminar.jdpu.uz/

Dinamik sistemalar va ergodik nazariyaga qiziquvchi barcha yosh matematiklarni ushbu xalqaro yozgi maktabda ishtirok etishga taklif qilamiz!

@karimraximov
dynamical-days.vercel.app Dynamical Days Jizzakh 2026 International summer school on the statistical properties of chaotic dynamical systems.
  • 👍 21
  • 🔥 4
  • 👏 1
More from @karimraximov
  1. Oct 1, 2026Yo'l ko'rsatmasang hattoki ChatGPT ham o'tlab ketadi. Inson noto'g'ri yo'ldan ketmasligi u…
  2. Aug 26, 2026🎉🎉🎉 Hurmatli do'stimiz, qadrli hamkasbimiz Karimboy (Raximov Karim Xoshimovich) davlati…
  3. Jul 23, 2026📊 Bir yil. O‘nlab olimpiadalar. Yuzlab yutuqlar, Minglab doimiy ishtirokchilar, O‘n Mingl…
  4. Jul 19, 2026O'zbekiston finalga chiqsa zo'r bo'lardida... Ispaniyaning bosh vaziri va Argentinaning pr…
  5. May 27, 2026Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin! Ushbu muborak ayyom barchamizga ezgulik, xotirjamlik va…
  6. May 1, 2026Yoshlarga... Oroldasan... u yerdan ketging keladi, lekin qayig'ing yo'q. Doim qayg'urasan,…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →