TGViewer
Karim Raximov Karim Raximov @karimraximov · 2.23K subscribers
Post #576 4.16K

Forwarded from KHISO olimpiada

📊 Bir yil. O‘nlab olimpiadalar. Yuzlab yutuqlar, Minglab doimiy ishtirokchilar, O‘n Minglab umumiy ishtirokchilar, Yuz Minglab ishtiroklar, Millionlab reyting ballar ,...


Ortda qolayotgan o‘quv yili biz uchun shunchaki sanalar almashinuvi emas, balki minglab o‘quvchilarning orzulari, mehnati va muvaffaqiyatlari bilan to‘la unutilmas davr bo‘ldi.

✨ Qisqacha raqamlarda:

🏆 50 dan ortiq olimpiada tashkil etildi.
📈 Shundan 33 tasi reyting olimpiadalari bo‘ldi.
🌍 17 ta KHISO va 14 ta xalqaro olimpiadalarning saralash bosqichlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.


👨‍🎓 Olimpiadalarimizda 10 mingdan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi va umumiy qatnashuvlar soni 100 ming martadan oshdi.

🏕 Yillik reyting bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilarni bir joyga jamlovchi "Yozgi maktab" loyihasi yangi darajada tashkil etilmoqda (20-26 iyul kunlari)

🛫 O‘quvchilarimiz bilan AQSh, Avstraliya, Indoneziya, Turkiya davlatlaridagi final bosqichlarida yurtimiz sha'rafini munosib himoya qildik. Oldinda AQSh (26-31 iyul Nyu York va 1-6 avgust Boston), Buyuk Britaniya (2-9 avgust) va Xitoy (10-16 avgust) safarlari bizni kutmoqda!


🥇 Birgina joriy o‘quv yilining o‘zida 80 dan ortiq o‘quvchimiz xalqaro olimpiadalarning final bosqichlarida biz bilan muvaffaqiyatga erishdi.

📍 Olimpiadalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarni qamrab olgan holda 31 ta manzilda tashkil etildi.

Har bir raqam ortida tinimsiz mehnat qilgan o‘quvchilar, fidoyi ustozlar, ishonch bildirgan ota-onalar va katta jamoamizning sa'y-harakatlari mujassam.

Biz uchun eng katta yutuq — bu nafaqat medallar, balki ilmga intilayotgan, o‘ziga ishongan va xalqaro maydonlarda O‘zbekiston nomini munosib himoya qilayotgan yoshlarning safi tobora kengayib borayotganidir.

Bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Oldinda yanada ulkan marralar, yangi loyihalar va bundan-da katta g‘alabalar kutmoqda!

Birgalikda yanada yuksak cho‘qqilar sari! 🚀
  • 🔥 33
  • 👍 16
  • 👏 2
  • 💯 1
More from @karimraximov
  1. Oct 1, 2026Yo'l ko'rsatmasang hattoki ChatGPT ham o'tlab ketadi. Inson noto'g'ri yo'ldan ketmasligi u…
  2. Aug 26, 2026🎉🎉🎉 Hurmatli do'stimiz, qadrli hamkasbimiz Karimboy (Raximov Karim Xoshimovich) davlati…
  3. Jul 19, 2026O'zbekiston finalga chiqsa zo'r bo'lardida... Ispaniyaning bosh vaziri va Argentinaning pr…
  4. Jul 10, 2026📢 Dynamical Days Jizzakh 2026 xalqaro yozgi maktabi 2026-yil 14–18-sentabr kunlari Jizzax…
  5. May 27, 2026Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin! Ushbu muborak ayyom barchamizga ezgulik, xotirjamlik va…
  6. May 1, 2026Yoshlarga... Oroldasan... u yerdan ketging keladi, lekin qayig'ing yo'q. Doim qayg'urasan,…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →