Diplom olgan bilan olimga aylanib qolinganda edi...
PhD diplom oldi degani olim bo'lib qoldi degani emas. Agar diplom bilan olimga aylanib qolinganda edi, kelinglar hammaga phd diplomi beraylik va olimlar yurtiga aylanaylik degan bo'lardim. Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sinolar kabi o'ta yetuk olimlarda PhD diplomi bo'lgan deb o'ylamayman.
Olim bir kunda paydo bo'lib qolmaydi, shunchaki qandaydir sifatsiz maqolalar insonni olimga aylantirib qo'ymaydi, olim haqiqiy ilmiy muhitda shakllanadi. Haqiqiy olim xatolardan xulosa qila oladigan, hammani qo'lidan keladigan sodda masalani emas aksincha qiyinchiliklarga boy bo'lgan muammolarni hal qila oladigan va jamiyat olim sifatida tan oladigan shaxsdir. Aslida jamiyat tan olmasa diplom shunchaki qog'oz.
O'ylaymanki bundan buyog'iga olimlar soniga emas balki sifatiga juda katta e'tibor qaratishimiz kerak. Ayrim yo'nalishlarga tanqid bilan yondashish vaqti keldi. Qayerda katta yoriq bo'lsa oqim shu tomonga qarab harakat qiladi. Yoriqlarni yamash vaqti keldi. Agar shunday qilmasak, haqiqiy olim bo'lib yetishishi mumkin bo'lganlar ham oqimga ergashib soxta olimlar qatoriga qo'shilishi hech gap emas.
@karimraximov
Post #568
7.13K
- 👍 110
- 💯 57
- 🔥 22
- 👏 7