Miya uchun eng asosiy ozuqa...
Dunyodagi eng qimmat go‘sht bu Wagyu. U umrida stress ko‘rmagan molnikidir. Bunday mollarni massaj qilishadi, klassik musiqa qo‘yishadi, eng yaxshi ozuqa bilan boqishadi.
Mol esa o'zicha hammasi men uchun deb o'ylaydi. Ammo u bu rohat ortida qanday yakun borligini anglamaydi.
Eng achinarlisi, ba’zan inson ham shunday yashaydi. Komfort zonasiga tushib qoladi, savol bermaydi, izlanmaydi, anglashga harakat qilmaydi.
Hayotda "komfort" yechim emas, haqiqiy yechim o'zlikni anglash va shunga qarab harakat qilish.
Faqat komfortga intilgan millat borib-borib kimdirlar uchun Wagyu go'shtga aylanadi...hozirgi dunyoda bunday misollar juda ko'p...
Shanchaki aytmoqchimanki, hech qachon ilm olishda to'xtamaslik kerak.
Miyaning asosiy ozuqasi bu ilm (sizlar Wagyu deb o'yladizlara), uni boshqa narsa bilan almashtirmang...
@karimraximov
Post #564
14.5K

- 🔥 101
- 👍 44
- 💯 32
- 👏 12