🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
📚 Do‘stlikda kasbiy rivojlanish: tahlil, tajriba va amaliy yechimlar
Kasbiy rivojlanishning samarasi — mashg‘ulotlar sifati va o‘qituvchi faoliyatidagi ijobiy o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi.
Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari Do‘stlik tumanidagi 1- va 18-sonli umumta’lim maktablarida Kasbiy rivojlanish soati (KRS) mashg‘ulotlarining tashkil etilishi va samaradorligini o‘rgandi.
🔎 Jarayonda mashg‘ulotlarning belgilangan vaqtdan kech boshlanishi, ishtirokchilar davomati hamda koordinatorlar faoliyati bilan bog‘liq ayrim tashkiliy kamchiliklar aniqlandi. Mas’ullarga mavjud muammolarni bartaraf etish, davomat nazoratini kuchaytirish va mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
💡 O‘rganish metodik ko‘mak bilan davom etdi. Ingliz tili o‘qituvchilariga o‘quvchilarni dars jarayoniga faol jalb etish, ularning qiziqishi va ishtirokini oshirishga xizmat qiluvchi yangi metod amaliy tarzda o‘rgatildi.
Zero, samarali metodik xizmat — nazorat, hamkorlik va amaliy yordam uyg‘unligidir!
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube 📱Instagram
Post #8050
372