🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦
🛡 Halollik va ogohlik — xavfsiz jamiyat poydevori!
Korrupsiyaga murosasizlik va kiberjinoyatlarga qarshi ogohlik — bugunning muhim talabi.
Jizzax viloyati Pedagogik mahorat markazida Jizzax viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Jizzax shahar prokuraturasi vakillari ishtirokida markaz xodimlari va malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun huquqiy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Muloqot davomida korrupsiyaning oldini olish, ta’lim tizimida halollik va shaffoflikni ta’minlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, internet firibgarligi, bank kartalari va shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi, ijtimoiy tarmoqlardagi kiberxavflar hamda ulardan himoyalanishning samarali usullari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, zarur huquqiy tushuncha va tavsiyalarga ega bo‘ldilar.
Zero, korrupsiyaga qarshi kurash halollikdan, kiberjinoyatlarga qarshi himoya esa ogohlikdan boshlanadi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube 📱Instagram
Post #8058
249