🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦
Pedagoglar uchun zamonaviy maskan
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazining qurilayotgan yangi binosi — hududda pedagoglar malakasini oshirish tizimi uchun zamonaviy infratuzilmani shakllantirish yo‘lidagi muhim loyihalardan biri.
Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sarvar Nazarqosimov Pedagogik mahorat markazning qurilayotgan yangi binosida bo‘lib, bunyodkorlik ishlari va yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida yangi binoning imkoniyatlari, o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, pedagoglar uchun qulay ta’lim muhitini yaratish hamda malaka oshirish jarayonining amaliy samaradorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif markazning kelgusidagi faoliyatini yangi infratuzilma imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirish, mavjud sharoitlardan unumli foydalanish va ta’lim jarayonini yanada sifatli tashkil etish nuqtayi nazaridan ahamiyatli bo‘ldi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube 📱Instagram
Post #8059
312