🔆🔆🔆🔆🔆🔆🔆
🇺🇿 Tarixiy xotira — millatning ma’naviy tayanchi, ajdodlar jasorati esa avlodlar uchun ibrat maktabidir.
Jizzax viloyati pedagogik mahorat markazining “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan “Qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish — yosh avlodni milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🫥 Davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirokidagi uchrashuvda qatag‘on yillarining og‘riqli saboqlari, millat ozodligi va ma’rifati yo‘lida kurashgan ajdodlarimizning hayoti hamda ma’naviy merosi yodga olindi. Tarixiy haqiqatni yosh avlodga yetkazish, milliy o‘zlikni anglash va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda ta’lim-tarbiyaning o‘rni muhokama qilindi.
💡 Uchrashuv o‘tmishni xotirlash bilan birga, bugungi tinchlik, erkinlik va inson qadrining naqadar bebaho ekanini yana bir bor anglashga undadi. Zero, ajdodlar xotirasini e’zozlash — tarix oldidagi burch, kelajak avlod oldidagi mas’uliyatdir!
#JizzaxPMM #TarixiyXotira #QatagonQurbonlari #Vatanparvarlik
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📱Telegram 📱 WEB 📱 Facebook ▶️Youtube 📱Instagram
Post #8032
467

- ❤ 2