TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7211 3.57K
#operatsion_tizim #linux #maslahat

📀 Fedora — yangi narsalarni sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun

Dastlabki marotaba Linux'ni sinab istagida bo‘lganlar ko‘pincha Ubuntu, uning “bobosi” bo‘lmish Debian yoki Linux Mint kabi ko‘plab hosilalaridan birini o‘rnatadilar. Biroq, ushbu ulkan oiladan tashqari, Linux dunyosida yana bir kuchli guruh mavjud – bu Red Hat Linux distributivlari. Ulardan eng mashhur vakili esa — Fedora'dir.

Fedora – Red Hat'ning o‘ziga xos sinov maydonchasi bo‘lib, bu yerda foydalanuvchilar ilovalar va tizimlarning eng so‘nggi funksiyalari va imkoniyatlarini sinab ko‘rishadi. Biroq, shunga qaramay, Fedora Workstation nashri juda barqaror va asosiy ish tizimi roli uchun juda mos keladi. Distributiv GNOME qobig‘ining yangi narshrlarini birinchi bo‘lib qabul qilishi bilan mashhur.

➕ Afzalliklari: Boshqa distrubutivlarga qaraganda ko‘plab yangi xususiyatlar Fedora'ga tezroq keladi. Shu bilan birga tizim hatto tajribasiz foydalanuvchilar uchun ham soddadir.

➖ Kamchiliklari: Litsenziyalash sabablariga ko‘ra Fedora’ning standart distributivida ko‘plab muhim kodeklar yo‘q. Muammo RPM Fusion omborini ulash orqali hal qilinadi.

✔️ Alternativlari: Deepin – bu Xitoy tomonidan taqdim etilgan distributiv. U qiziqarli sozlanuvchan interfeys va o‘ziga xos shaxsiy WPS ofisiga ega. Debian'ga asoslangan, ekzotika muxlislariga ma’qul keladi.

📥 Fedora'ni yuklab olish.

Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozimligi hamda “Лайфхакер” nashri tomonidan tavsiya etilgan boshqa distributivlar bilan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 8
  • 👏 1
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →