#operatsion_tizim #linux #maslahat
📀 Debian — uy serveri uchun
Uy serveri ko‘p maqsadlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Masalan, ma’lumotlar va zaxira nusxalarini saqlash, torrentlarni yuklab olish yoki o‘zingizning o‘lchamsiz bulutli xotirangizni yo‘lga qo‘yish uchun.
Debian uy serveringizda yaxshi yashab keta oladi. Bu Ubuntu va boshqa ko‘plab Linux tizimlari uchun asos bo‘la olgan barqaror va konservativ distributivdir. U faqat eng ishonchli paketlardan foydalanadi, bu esa uni ajoyib tanlovga aylantiradi.
➕ Afzalliklari: barqarorlik va ilovalarning katta to‘plami.
➖ Kamchiliklari: o‘rnatilganidan so‘ng distributivni qo‘lda sozlash zarurati.
✔️ Alternativlari: Agar Debian siz uchun juda noqulay bo‘lib tuyulsa yoki uning omborlarida sizga kerakli bo‘lgan dasturiy ta’minot mavjud bo‘lmasa — Ubuntu Server'ni sinab ko‘rish mumkin. CentOS — Red Hat Enterprise Linux'ga asoslangan, juda barqarorligi bilan ajralib turadi. Shu tufayli CentOS ko‘pincha tijorat tashkilotlarining serverlarida qo‘llaniladi.
📥 Debian'ni yuklab olish.
Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozimligi hamda “Лайфхакер” nashri tomonidan tavsiya etilgan boshqa distributivlar bilan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #7294
3.63K