#operatsion_tizim #linux #maslahat
📀 Ubuntu — planshet va transformerlar uchun
Ubuntu — Linux'ning Desktop'lar uchun mo‘ljallangan eng mashhur distributivlaridan biri. U ekrani sensorli bo‘lgan qurilmalarda juda yaxshi ko‘rinuvchi GNOME grafik qobig‘idan foydalanadi. Agar sizda Windows 10 bilan jihozlangan planshetingiz mavjud bo‘lib, unga Linux'ni o‘rnatish istagida bo‘lsangiz, GNOME bilan birga keluvchi Ubuntu bilan qurollanganingiz ma’qul.
Interfeysning yirik elementlari, sozlanuvchan imo-ishoralar va kengaytmalar — touchscreen'lar uchun ushbu distributivni ajoyib tizimga aylantiradi.
➕ Afzalliklari: Ubuntu — keng tarqalgan distributiv, bu esa sizga kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha dasturiy ta’minotlar muammosiz topilishini anglatadi. Bundan tashqari, Linux haqidagi saytlarning aksariyati aynan Ubuntu'ga bag‘ishlangan.
➖ Kamchiliklari: GNOME qobig‘i qulay, ammo boshlanishiga noodatiy tuyuladi.
✔️ Alternativlari: Solus — grafik qobiq sifatida bu yerda Budgie qo‘llaniladi. Bu yengil vaznli interfeys bo‘lib, sensorli ekranlarda qo‘llash uchun juda qulay sanaladi.
📥 Ubuntu'ni yuklab olish.
Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozimligi hamda “Лайфхакер” nashri tomonidan tavsiya etilgan boshqa distributivlar bilan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #7254
3.49K