#operatsion_tizim #linux #maslahat
📀 Linux Mint — Linux'dan ilgari hech foydalanib ko‘rmaganlar uchun
Windows'dan ko‘chib o‘tayotgan yangi foydalanuvchilar, albatta, Linux Mint'ni o‘rnatib ko‘rishlari lozim. Bu bir vaqtlar eng mashhur Linux distributivi bo‘lgan, ammo hozir MX Linux va Manjaro tomonidan ortda qoldirilgan. Shunga qaramay, Mint o‘zining barqarorligi va ishonchliligi bilan ular bilan ijobiy farqlanadi. Bu Ubuntu'ga asoslangan, foydalanish uchun juda oson tizimdir.
Linux Mint oson va intuitiv tushunarli interfeysga ega (zamonaviy kompyuterlar uchun Cinnamon va eski qurilmalar uchun MATE qobiqlari) hamda qulay ilovalar menejeri bilan jihozlangan, shuning uchun siz dasturlarni topish va o‘rnatishda muammolarga duch kelmaysiz.
➕ Afzalliklari: oddiylik, oddiy foydalanuvchilar uchun g‘amxo‘rlik. Mint'ni o‘rnatish va qo‘llash uchun sizga maxsus bilimlar talab etilmaydi.
➖ Kamchiliklari: hech qachon kerak bo‘lmasligi mumkin bo‘lgan tizim bilan birgalikda keluvchi dasturiy ta’minotlar.
✔️ Alternativlari: LMDE – Debian asosidagi Linux Mint. Oddiy versiyaga qaraganda barqarorroq, ammo dasturlar bu yerda kamroq yangilanadi. Zorin OS – Ubuntu'ga asoslangan distributiv. Uning interfeysi Windows'ni eslatadi, bu esa tajribasiz foydalanuvchilar uchun o‘tishni osonlashtirishga xizmat qiladi.
📥 Linux Mint'ni yuklab olish.
Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozimligi hamda “Лайфхакер” nashri tomonidan tavsiya etilgan boshqa distributivlar bilan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
Post #7201
3.84K