TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7207 4.28K
#operatsion_tizim #linux #maslahat

📀 Manjaro — eng so‘nggi dasturiy ta’minotlarga ega bo‘lishni istaganlar uchun

Nihoyatda kuchli va funksional — Arch distributiviga asoslangan. Uning KISS (Keep It Simple, Stupid) falsafasi, nomidan farqli o‘laroq, Arch'ni yangi foydalanuvchilar uchun juda murakkablashtiradi. Ushbu distributiv faqat buyruq satri orqali o‘rnatiladi.

Manjaro, Arch'dan farqli o‘laroq, oddiy grafik o‘rnatuvchiga ega va shu bilan birga uni o‘zining AUR va o‘zgaruvchan reliz kabi kuchli xususiyatlarini bilan birlashtiradi. AUR (Arch User Repository) Linux paketlarining eng boy manbasidir. Manjaro'da esa siz doimo ulardan eng so‘nggisini qo‘llay olasiz.

Distributiv ko‘plab turdagi ish stoli qobiqlari bilan birga keladi: funksional KDE, planshet ekranlari uchun GNOME, Xfce, LXDE va boshqalar. Manjaro'ni o‘rnatish orqali siz yangilanishlarni birinchi bo‘lib olishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

➕ Afzalliklari: har qanday dasturni ortiqcha harakatlarsiz o‘rnatish imkonini beruvchi AUR. Har doim yangi dasturiy ta’minot.

➖ Kamchiliklari: ish stoli qobiqlarining o‘ziga xos bezatilganligi. Biroq uni almashtirishingizga hech narsa xalal bermaydi. Bundan tashqari, Manjaro'ning standart nashrida juda ko‘p keraksiz o‘rnatilgan ilovalar mavjud. Agar siz ish uchun kerakli minimumga o‘rnatish istagida bo‘lsangiz, Manjaro Architect versiyasini sinab ko‘ring.

✔️ Alternativlari: Chakra – bu ham Arch'ga asoslangan distributiv, biroq chiroyli KDE interfeysi va qulay o‘rnatuvchi bilan birga keladi.

📥 Manjaro'ni yuklab olish.

Linux distributivini tanlashda nimalarga e’tibor bermoq lozimligi hamda “Лайфхакер” nashri tomonidan tavsiya etilgan boshqa distributivlar bilan ushbu postimiz orqali tanishishingiz mumkin.

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • ❤ 5
  • 👍 3
  • 🔥 1
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →