TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #7087 3.53K
#operatsion_tizim #software

🔍 Fluent Search — Windows bo‘ylab tezkor qidiruv

Windows'ga e’tirozlar aslida ko‘p emas, ammo ular umuman yo‘q deyish — xatodir. Masalan, qidiruv tizimiga doir savollar bor. Uning ishlashi soz, biroq, tan olish lozim, juda sekin! Windows to kerakli ma’lumotni topmaguniga qadar har bir so‘rov uchun ketma-ketlikda papkada papkaga o‘tib boradi.

Fluent Search — bu qidiruv vazifasini bajaruvchi maxsus dasturiy ta’minot. Hamma joydan: ishga tushirilgan dasturlar, brauzer varaqa (вкладка)laridan, zakladkalar, fayllar orasidan izlaydi. Fluent Search — bu, avvalambor tezlikdir. Ikkinchidan, “Пуск” menyusidan farqli o‘laroq, dastur mavjud ishni davom ettirishga mo‘ljallangan. Ishga tushirilgan dasturlar va brauzer varaqalari o‘rtasida oson o‘tish mumkin. Fayllar esa joriy jarayon ostida izlanadi.

Fluent Search doimiy ravishda harakatlaringizni o‘rganib boradi — dastur ilg‘or Machine Learning modeliga asoslangan. U bilan do‘stlashib olsangiz, barcha ishlarni o‘rningizga bajara boshlaydi.

🎞 Ingliz tilidagi ushbu video orqali dastur imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

📝 Manba: @mcrosoft

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows 10'da qidiruv indeksatsiyasini qanday o‘chirib qo‘yish mumkin?
• Windows 10'da kengaytirilgan qidiruvni faollashtirish
• Everything kompyuter dasturi
• F3 klavishi yordamida izlash
• Dasturlarning muqobil variantlarini qanday izlash mumkin?
• Yuzimizni solishtirish orqali izlash funksiyasiga qarshi tanib bo‘lmaydigan qilamiz
• Windows 10'da almashinish buferi (буфер обмена): ish samarasini qanday qilib oshirish haqida so‘z yuritamiz!
• Eng yaxshi fayl menejeri
• Internetda kamroq vaqt sarflash ushun 5 maslahat
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • 👎 1
  • 😱 1
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →