TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5370 6.67K
#operatsion_tizim #software

Eng yaxshi fayl menejeri 🗃

💾 Total Commander – oddiy, lekin ko‘p funksiyali interfeysga ega bo‘lgan, sodda va qulay fayl menejeri. Fayllar bilash ishlashda odatda qo‘llaniladigan: nusxalash, ko‘chirib o‘tkazish, o‘chirish, qayta nomlash kabi amallardan tashqari, arxivlar bilan ishlash, FTP'ga ulanish, fayllar guruhi bilan ishlash, kengaytirilgan qidiruv hamda fayl va papkalarni guruhlash dastur tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Sozlanishi mumkin bo‘lgan ikki panelli interfeys: panellarning o‘lchamini o‘zgartirish, ularni fayllarning xususiyatlariga moslab sozlash, shuningdek turli xil dastur va tizim vositalariga tezkor murojaat etish uchun o‘z tugmalarimizni qo‘shish imkoniyatini beradi.

Total Commander funksionalligini plaginlar yordamida kengaytirish mumkin. Muayyan turdagi fayllarni ajratib olish (распаковка), fayllar tarkibini tomosha qilish, tashqi va tarmoq qurilmalari bilan ishlash va fayllar haqida turli ma’lumotlarni olish uchun plaginlar mavjud.

Dasturning Android uchun talqini ham bor bo‘lib, u kompyuter talqinining asosiy funksiyalarini o‘ziga jamlagan. Superfoydalanuvchi (superuser) kengaytmasi Android-qurilmalar bilan root-huquqlari ostida to‘laqonli ishlashni ta’minlaydi. Root-funksiyalar Total Commander'ga /system yoki /data kabi tizimli papkalarga yozuvlar kiritish imkonini beradi.

🌐 Dasturning rasmiy veb-sahifasi.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Total Commander kompyuter dasturi
• Total Commander dasturi bilan to‘liq tanishamiz! (video ko‘rsatma)
• Total Commander'da faylni tezkor arxivlash
• Total Commander'da diskka ma'lumot yozish
• Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash
• Android’da xotirani bo‘shatishning yana bir foydali usuli
• Fayl yoki papkaning xususiyati (Свойства)ni ekranga tezkor chaqirish
• Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturiga oid tavsiyalar

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →