TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #1429 5.92K
#operatsion_tizim #maslahat

Total Commander dasturida hajmning ko‘rinishini sozlash ⚙️

Total Commander
dasturida lokal disk, papka va fayllarning hajmi Windows ning Проводник oynasidagidek Kb, Mb, Gb, Tb larda qoida bo‘yicha ko‘rinmaydi, bunday ko‘rinishi uchun dasturni o‘zimizga mos tarzda sozlab olishimiz lozim:

1️⃣ Dastlab menyu satridagi Конфигурация -> Настройка: Табуляторы ga o‘tiladi.

2️⃣ Настройка oynasi ochiladi va chap tomondagi menyu bandlari orasida Табуляторы tanlangan bo‘ladi.

3️⃣ Oynaning o‘ng pastki tomonida joylashgan Размеры в панелях: ning yonidagi ro‘yxatdan в байтах ni плавающий (х.х К/М/Г) ga o‘zgartiramiz.

4️⃣ Yuqoridagi Размеры в панелях: ning pastida joylashgan В строке состояния: yonidagi ro‘yxatdan в Кбайтах (округлённо) ni ham плавающий (х.х К/М/Г) ga o‘zgartiramiz.

5️⃣ OK tugmasini bosamiz va oynaning paneli va fayllarning o‘lchamidagi biz uchun tushunarliroq bo‘lgan hajm ko‘rinishiga o‘zgarish sodir bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz.

⚠️ Agar siz hech qanday o‘zgarish bo‘lganini sezmasangiz, unda kompyuteringizni qayta yuklab, yuqoridagi qadamlarni qayta takrorlab ko‘ring, agar shunda ham o‘zgarish yuz bermasa, unda yaxshisi Total Commander ning ushbu versiyasini kompyuteringizdan o‘chirib tashlab, boshqa versiyasini o‘rnatishingizni tavsiya etamiz. Biz tavsiya etadigan versiya bu Total Commander PowerPack, chunki unga qo‘shimcha tarzda ko‘plab utilitalar o‘rnatiladi, ularga esa dasturning yuqori qismidagi menyu satrining ostidagi panellarda murojaat qilishingiz mumkin.

💡Papkani hajmini bilish uchun Probel (Space) klavishasi bosiladi, diskdagi umumiy papkalarning hajmini bilish uchun esa ALT+SHIFT+ENTER klavishlari birgalikda bosiladi. Papkaning hajmiga qarab biroz vaqt o‘tganidan so‘ng barcha papkalarni xususiyatlar oynasini ochmasdan turib, ularning hajmini o‘ng tomondagi Размер ustunida ko‘rishingiz mumkin.

👨🏻‍💻 @itspecuz
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →