TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5443 8.1K
#operatsion_tizim #software

Dasturlarning muqobil variantlarini qanday izlash mumkin? 🤔

Agar sizda biron-bir dasturning boshqa muqobil variantini izlash zarurati yuzaga kelib qolsa, u holda ushbu xizmatdan foydalanib ko‘rishingiz mumkin.

🌐 alternativeto.net — turli xil dasturlarning analoglarini izlash uchun mo‘ljallangan sayt.

Saytga o‘ting. Qidiruv maydoniga dastur nomini kiriting. Keling, bu “Photoshop” bo‘laqolsin. Keyingi qadamda siz dastur alternativalari ro‘yxati va ularning afzalliklarini ko‘rasiz.

Masalan, “Gimp”, “Photoshop”dan farqli o‘laroq bepul va ochiq kodli dastur hisoblanadi.

Dastur nomi ostida, uninп qaysi operatsion tizimlar uchun o‘rnatilishi mumkinligi haqidagi ma’lumotni ko‘rasiz. Undan pastroqda esa foydalanuvchilarning “Gimp vs Photoshop” mavzusidagi qoldirgan izohlarini ko‘rishingiz mumkin.

Shunday qilib, ushbu dastur sizga mos kelish-kelmasligini aniqlashingiz mumkin.

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
•
Eng zo‘r pulli dasturlarning bepul analoglari
• Pullik dasturlarni bepuliga almashtiramiz
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →